Главная » 2020 » Апрель » 10 » AQShdagi o‘zbekistonliklar koronavirusga qarshi dori yaratib, Alisher Usmonovga murojaat qilishdi
17:12

AQShdagi o‘zbekistonliklar koronavirusga qarshi dori yaratib, Alisher Usmonovga murojaat qilishdi


AQShda o‘zbekistonliklar rahbarlik qiladigan “Immix BioPharma Inc.” kompaniyasi “MannKind” farmasevtika kompaniyasi bilan koronavirusga qarshi dori ishlab chiqqanini ma’lum qildi. Shundan so‘ng ular Alisher Umonovga murojaat qilishdi. Bu haqda "Xalq so‘zi online" xabar qildi.

Ular milliarderdan dorini ishlab chiqarish va tarqatishda yordam so‘ragan. O‘zbekistonliklar koronavirus natijasida kelib chiqadigan asoratlarni oldini olish uchun quruq kukunga o‘xshash dorini tayyorlashganini aytishgan. Shuningdek, kompaniya burun spreyi, inhaler va tomir ichiga yuborish orqali koronavirus infeksiyasining tarqalishining oldini olish uchun innovasion usullarni kashf qilgan. Shu sababdan ham ular O‘zbekistonda koronavirus to‘xtatilishda ushbu doridan foydalanib keyinchalik uni eksport qilishda Usmonovdan yordam so‘ragan.

Farmasevtlar dastlab dorini bemorlarni davolash uchun tomir ichiga yuborish bilan boshlanishini aytgan. Chunki birinchi dozadan keyin ikkinchi kuni bemorning ahvoli yaxshilanishi kutilmoqda.

Avvalroq Alisher Usmonov koronavirusga qarshi dori-darmon ishlab chiqilsa, uni vataniga olib kelishga va’da bergan edi.

Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: O‘zbekistonliklar, yaratib, Koronavirus, AQSH, Alisher Usmonov, qarshi dori | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя