Главная » 2016 » Ноябрь » 10 » AQSHning Nebraska shtatida o‘lim jazosi qayta tiklandi
10:30

AQSHning Nebraska shtatida o‘lim jazosi qayta tiklandi


AQShda bo‘lib o‘tgan referendumlar jarayonida Nebraska shtatida o‘lim jazosi qayta tiklandi, Kolorado shtatida esa o‘limi muqarrar bo‘lgan bemorlarga nisbatan evtanziyani qo‘llashga ruxsat berildi, deb xabar qildi “Vbc.com” nashri. 

Nebraska shtatida 2015 yilda o‘lim jazosini bekor qilish uchun 61,2 % , uni saqlab qolish uchun 38,5% odam ovoz bergan. Jazoni bekor qilishni istaganlarning asosiy qismi qishloq aholisidir. O‘lim jazosi birinchi darajali qotillik qilgan sudlanuvchilar uchun qo‘llanadi.

Kolorado shtatida esa olti oy umri qolgan, o‘limi muqarrar bo‘lgan bemorlarga nisbatan evtanziya qo‘llash haqidagi qonun loyihasi ovozga qo‘yildi va uni qo‘llashga ruxsat berildi. Bundan tashqari, evtanziyaga AQShning Vashington, Vermont, Oregon va Kaliforniya shtatlarida ham rasman ruxsat berilgan. O‘lim jazosini qo‘llash AQShning 31 shtatida qonunchilik tomonidan ko‘rib chiqilgan bo‘lsa-da, ammo ularning barchasida ham bu jazo turi qo‘llanmaydi.

2015 yilda AQShning Texas, Missuri, Oklaxoma, Jorjiya, Florida va Virjiniya shtatlarida 28 jinoyatchi o‘lim jazosiga hukm qilingan bo‘lsa, 2016 yilning boshidan beri ularning soni 17 kishiga yetdi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: AQSH, o‘lim jazosi, qayta tiklandi, Nebraska shtati | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя