Главная » 2020 » Октябрь » 22 » Arab xurmosi iste’mol qilinganda tanada qanday o‘zgarish yuz beradi?
19:51

Arab xurmosi iste’mol qilinganda tanada qanday o‘zgarish yuz beradi?


Arab xurmosi daraxti dunyoning ko‘plab tropik mintaqalarida o‘stiriladi. Ushbu meva hamisha foydaliligi bilan mashhur bo‘lib kelgan. Uning katta, kichik, sariq, qizg‘ish kabi turlari mavjud. Shuningdek, ularning qiymati vitaminlarga boyligi bilan baholanadi. Xurmo tarkibida uglevodlar boshqa mevalarga qaraganda 60 foizdan ko‘proq, biroq uning shakari organizmga zarar yetkazmaydi. Sababi unda niatsin, riboflamin va pantotenik kislota mavjud. Aynan shu moddalar uglevodlarning yemirilishiga yordam beradi, qondagi glyukoza miqdorini tartibga soladi. Arab xurmosi tarkibida boshqa mevalarda mavjud bo‘lmagan yana 23 turdagi turli xil aminokislotalar mavjud.

Muhim vitamin va minerallar mavjud

Xurmo quritilganligi sababli ular kaloriya jihatidan yangi uzilgan mevalardan yuqori. Shuningdek, kaloriya borasida mayiz va anjir kabi quritilgan mevalarga o‘xshaydi. Uning tarkibidagi kaloriyaning ko‘p qismi uglevodlardan, qolganlari esa oqsillardan olinadi. Kaloriya miqdoriga qaramay, uning tarkibida vitamin va minerallar mavjud. Kaliyning yuqori miqdori organizmdan natriyning chiqarilishiga yordam beradi va qon bosimini pasaytiradi.

Bundan tashqari arab xurmosini iste’mol qilish terini yaxshilaydi. Har kuni xurmo iste’mol qiladigan Shimoliy Afrika va Yaqin Sharq aholisi keksalikka qadar ajoyib teri va tishlarni saqlab qolishi bejiz emas.

100 gramm xurmo mevasida quyidagi ozuqaviy moddalar mavjud:

  • kaloriya qiymati: 277 kkal
  • uglevodlar: 75 gramm
  • biriktiruvchi to‘qima: 7 gramm
  • oqsil: 2 gramm
  • kaliy: 20 foiz
  • magniy: 14 foiz
  • mis: 18 foiz
  • marganets: 15 foiz
  • temir: 5 foiz
  • vitamin B6: 12 foiz
  • Shuningdek, meva sog‘liq uchun foydali bo‘lgan antioksidantlarga boy.

Meva tarkibidagi biriktiruvchi to‘qima oshqozon va ichaklar uchun juda foydali

Bundan tashqari, xurmo tarkibidagi tola qondagi qand miqdorini nazorat qilish uchun muhimdir. Bu so‘rilishni susaytirib, ovqatdan keyin qondagi qand miqdorining yuqori bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Meva glikemik indeksining past ko‘rsatkichiga ega bo‘lib, ular xolesterin miqdorini kamaytirishga yordam beradi.

Antioksidantlar miqdori yuqori

Antioksidantlar immunitet tizimi va hujayralarni turli xil kasalliklarga olib kelishi mumkin bo‘lgan bakteriyalardan himoya qiladi. Anjir va olxo‘ri kabi o‘xshash mevalar bilan taqqoslanganda arab xurmosi eng yuqori antioksidantlarga ega. Bu esa nafaqat miya salomatligi, balki organizmning yoshligini ham ta’minlaydi.

Tabiiy shirinlik va energiya manbayi

Xurmo fruktoza manbayi bo‘lib, uning tarkibida tabiiy shakar mavjud. Shu sababdan meva juda totli karamel ta’mga ega. U oq shakarning o‘rnini bosuvchi sog‘lom mahsulot hisoblanadi.

Suyaklar uchun foydali

Xurmo tarkibida fosfor, kaliy, kalsiy va magniy kabi bir qancha minerallar mavjud. Ularning barchasi suyak bilan bog‘liq bo‘lgan osteoporoz kabi kasallikning oldini olishga yordam beradi.

Kuniga qancha miqdorda iste’mol qilish kerak?

Bir kunda ikki dona arab xurmosini iste’mol qilish suyaklarni mustahkamlaydi ovqat hazm qilish tizimini yaxshilaydi. Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini oladi, yo‘g‘on ichak saratoni xavfini kamaytiradi, miyani himoyalaydi va yosh ko‘rinishni saqlab qoladi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: Arab, tanada, yuz beradi, xurmosi, iste’mol | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя