Главная » 2016 » Ноябрь » 30 » Arazchi bolalarning ota-onalari uchun eng muhim qoidalar
13:39

Arazchi bolalarning ota-onalari uchun eng muhim qoidalar


Farzandingiz bilan hamkorlik o‘rnating. Yuragidagi tug‘yonlarni bildirishiga rag‘batlantiring.

Bola bilan dildan gaplashing. Arazining sababini ifodalashiga ko‘maklashing, yuz, ko‘ziga diqqat bilan razm soling. Xohishlarini og‘zaki ifodalashiga yordam bering.

Farzandingizdagi ta’sirchanlikni so‘ndirishga harakat qilmang.Kerak vaqti o‘z hissiyotlarini tashqariga chiqarishga imkon yarating. So‘ng o‘tirib, bafurja gaplashing.

Bolani sabr bilan eshitishga o‘rganing. Maslahat, tanbeh berishga shoshmang. Avval quloq soling. Ba’zan «seni tushunaman. Menda ham shunday bo‘lib turadi», deyishning o‘zi ham kifoya qiladi.

Avval vaziyatni to‘liq tushunib oling, so‘ng tushuntiring. Bolaga ola-bo‘ji aslida yo‘qligini ming tushuntirmang, baribir ulardan qo‘rqsa, bu barcha harakatlaringiz zoe ketdi, degani. Avval farzandingizning ishonchini qozoning, so‘ng mantiqiy va’zni boshlash mumkin.

Shunday tarbiya usullarini olib borsangiz, farzandingiz yaqin orada arazchilikni tashlab, optimist va xushmuomala bo‘lib qolganini sezasiz.

Dilnoza UMAROVA


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Fikr Mulohaza | | Теги: Arazchi bolalar | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя