Главная » 2020 » Август » 30 » Argentina prezidenti Messiga murojaat qildi
18:34

Argentina prezidenti Messiga murojaat qildi


Argentina prezidenti Alberto Fernandes «Barselona» hujumchisi Lionel Messiga murojaat bilan chiqdi.

«Siz har birimizning qalbimizdasiz. Biroq sizni o‘z vataningizda to‘p surishingizni ko‘rish baxtidan tobora uzoqlashayotgandekmiz. Bizga o‘yiningizdan rohatlanish baxtini taqdim eting va «Nyuells Old Boyz» klubimizga o‘ting. Bu sizning klubingizdir», — deya mamlakat rahbarining so‘zlarini keltiradi Marca.

Eslatib o‘tamiz, Messi «Barselona»ni tark etish haqidagi qarorini klub rahbariyatiga ma'lum qilgan. Xabarlarga ko‘ra, argentinalik 33 yoshli futbolchiga «Manchester Siti» klubi asosiy da'vogar sanalmoqda.

Avvalroq, «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Messi bilan uchrashish uchun Barselonada ekanligi haqida xabar berilgandi. Bugun, 30 avgust kuni Messi klubning belgilangan tibbiy ko‘rigiga tashrif buyurmagan.


Manba: "kun.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Argentina, Prezidenti, murojaat qildi, Messiga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя