Главная » 2020 » Август » 10 » Ari qachon qotilga aylanadi?
21:06

Ari qachon qotilga aylanadi?


Fransiya fuqarosi birgina ari chaqishidan so‘ng vafot etdi, deb yozadi «Le Dauphiné Libéré».

Bretanda istiqomat qiluvchi 52 yoshli odam turmush o‘rtog‘i, ikki o‘g‘li va kelini bilan Fransiya janubi-sharqida Ansi ko‘li yaqinida dam olayotgandi. Tushlik paytida uning og‘ziga ari kirib qolib, tilini chaqib oldi. Natijada suyaksiz a’zo shishib ketdi va haligi odam bo‘g‘ila boshladi.

Ko‘p o‘tmay fransuz hushidan ketib, yuragi to‘xtab qoldi. Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar erkakni jonlantirishga rosa urinishdi. Biroq kech bo‘lgandi: erkakning o‘limini qayd etishdan o‘zga choralari qolmadi.

Nashrning ta’kidlashicha, ari va asalari chaqishidan o‘lim holati aksariyat hollarda allergiya yoki ko‘plab hasharot chaqishi natijasida sodir bo‘ladi. Biroq tomoq yoki tilni hatto bir marta chaqqanda ham, vaziyat fojia bilan tugashi hech gap emas. Shilliq qavat tez shishib, asfiksiya, ya’ni kislorod yetishmasligi natijasida bo‘g‘ilish, nafas siqishiga sabab bo‘ladi.

O‘tgan yili oktyabr oyida Ispaniyaning Ferreyra-de-Panton shahrida ham bir odam bir gala arilar hujumidan so‘ng hayotdan ko‘z yumgandi.

66 yoshli Eduardo Martines butalarni kesayotgan vaqtda, tasodifan ari uyasini buzib yuborgan. U qochishga urinib ko‘rgan, biroq hasharotlar uni o‘rab olib, hamma tomondan hujum qilishgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: ari, qachon, qotilga aylanadi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя