Главная » 2018 » Апрель » 27 » “Arsenal” bir kishi kam qolgan “Atletiko” bilan durang o‘ynadi
12:04

“Arsenal” bir kishi kam qolgan “Atletiko” bilan durang o‘ynadi


Bugun, 27 aprel kuni Yevropa ligasining yarim final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Turning markaziy o‘yini shubhasiz, Londondagi “Emireyts” stadionida “Arsenal” va “Atletiko” jamoalari o‘rtasida kechdi. Raqobatga boy bo‘lgan o‘yin 1:1 hisobida yakunlandi.

Matchning 10-daqiqasida madridliklar maydonda bir kishi kam bo‘lib o‘ynashga majbur bo‘ldi, ammo “Arsenal” qulay vaziyatdan unumli foydalana olmadi. 61-daqiqada Lyakazett londonliklarni hisobda oldinga olib chiqdi.

Lekin o‘yin yakunlanishiga 8 daqiqa qolganda Antuan Grizmann hisobni tenglashtirdi. Shu tariqa, Diego Simeone shogirdlari bir kishi kam bo‘lib, ham mehmonda ijobiy natija qayd etishdi.

Yarim finalning ikkinchi o‘yini Fransiyaning Marsel shahridagi “Velodrom” stadionida bo‘lib o‘tdi va unda “Marsel” Avstriyaning “Zalsburg” klubini qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Evropa Ligasi. Yarim final. Ilk uchrashuvlar.
“Arsenal” – Atletiko Ispaniya 1:1.
Gollar: Lyakazett (61) – Grizmann (82).

“Arsenal”: Ospina, Mustafi, Monreal, Belerin, Koselni, Uilsher, Djaka, Remzi, Ozil, Uelbek, Lyakazett.

“Atletiko”: Oblak, Ximenes, Lyuka Ernandes, Vrsalko, Godin, Saul, Parti, Koke, Korrea (Savich, 75), Gameyro (Gabi, 65), Grizmann (Torres, 85).
Ogohlantirish: Vrsalko (2).
Chetlatish: Vrsalko (10).

“Marsel” – “Zalsburg” 2:0.
Gollar: Toven (15), N`Ji (63).

“Marsel”: – Pele, Sarr, Rami, Amavi, Payet, Luis Gustavo, Okampos (Zambo-Angissa, 52), Lopes (N`Ji, 60), Toven (Jermen, 81), Sanson, Mitroglu.

“Red Bull”: Valke, Ramalo, Ulmer, Layner, Chaleta-Sar, Edara (Yabo, 81), Samasseku, Volf (Shlager, 68), Berisha, Xvan Xi Chxan (Gulbrandsen, 60), Dabur.

Ogohlantirishlar: Lopes (20), Volf (22), Mitroglu (90).

Akmalxon Eshonxonov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: bir kishi kam, Arsenal, o‘ynadi, qolgan, bilan, durang, Atletiko | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя