Главная » 2020 » Май » 8 » Asal Honey nomi bilan tanilgan ayolni skotchlab, unga jiddiy jarohat yetkazgan shaxs ushlandi
11:01

Asal Honey nomi bilan tanilgan ayolni skotchlab, unga jiddiy jarohat yetkazgan shaxs ushlandi


IIV Axborot xizmati xabariga ko'ra, 5 may kuni soat 20:15 larda Mirzo Ulug‘bek tumani, 2-sonli IIBning navbatchilik qismiga fuqaro D.P. murojaat qilib, Mirzo Ulug‘bek tumani, S-1 mavzesida yashovchi A.X. xonadonidan shubhali shovqin-suronli ovozlar eshitilayotganligi haqida xabar bergan.

Yuqoridagi holat yuzasidan zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan Toshkent shahar IIBB PPX brigadasi 1-batalyon, 1-otryadi xodimlari safdorlar SH.Toxirov va S.Komolovlar jabrlangan fuqaro yashovchi uyning kirish-chiqish yo‘lagidan yugurib chiqib, xodimlarni ko‘rib voqea joyidan yashirinishga harakat qilgan shaxsni ushlaganlar.

Tuman 2-sonli IIB Jinoyat qidiruv bo‘limida uning shaxsiga oydinlik kiritilganda, u Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Peshqadam ko‘chasida yashovchi YA.A. ekanligi hamda muqaddam Jinoyat kodeksining 273-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilganligi aniqlangan.

Xodimlar yuqorida ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha uyga kirishganda, u yerda yashovchi X.M. og‘zi, qo‘li va oyoqlari skotch bilan bog‘langan holda tanasi va yuzidagi turli jarohatlar bilan topilgan va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ayolni, jiddiy jarohat yetkazgan, shaxs ushlandi, Asal Honey, skotchlab | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя