Главная » 2018 » Март » 14 » “Asal oyi” filmi mart oyining birinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi
22:22

“Asal oyi” filmi mart oyining birinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi


Rejissor Jahongir Ahmedovning “Asal oyi” filmi mart oyining birinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.

Mart oyining birinchi haftasi kinoreytingida “Asal oyi” filmidan keyingi o‘rinlarni Soyibxo‘ja Mahmudovning “Yovuz”, Dadaxon Obidovning “Yuragimdasan”, Ruslan Ibragimovning “Egizak oshiqlar”, Ruslan Ibragimovning “Qaysar sevishganlar” filmlari band etgan.

Shuningdek, hozirda Alisher Navoiy nomli kino saroyida “Ahmadboy va Rahmatboy”, “O‘g‘ri”, “Do‘stim hind” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda.

26-fevral — 4-mart oralig‘ida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmlari

1-o‘rin. “Asal oyi” (komediya)

Rejissor — Jahongir Ahmedov

2-o‘rin. “Yovuz” (drama)

Rejissor — Soyibxo‘ja Mahmudov

3-o‘rin. “Yuragimdasan” (melodrama)

Rejissor — Dadaxon Obidov

4-o‘rin. “Egizak oshiqlar” (jangari komediya)

Rejissor — Ruslan Ibragimov

5-o‘rin. “Qaysar sevishganlar” (komediya)

Rejissor — Ruslan Ibragimov


Manba: "daryo.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: asal oyi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя