Главная » 2020 » Сентябрь » 3 » Asal Shodiyeva o‘zi ishtirokidagi qaysi filmlarni sevib tomosha qilishini aytdi
12:58

Asal Shodiyeva o‘zi ishtirokidagi qaysi filmlarni sevib tomosha qilishini aytdi


Ona bo‘lish arafasida turgan aktrisa Asal Shodiyeva "Instagram"dagi Stories orqali muxlislarining savollariga javob berdi. Xususan, u o‘zi suratga tushgan qaysi filmlarni sevib tomosha qilishi haqida aytdi.

Asalning aytishicha, o‘zi ishtirokidagi «Janob hech kim», «Hay hay qizaloq» hamda «Islomxo‘ja» filmlarini qayta-qayta tomosha qiladi.

Aktrisaning muxlislaridan biri «Aytishlaricha, siz EKO yordamida homilador bo‘lgan ekansiz, shu rostmi?» — deya savol berdi.

«Yo‘q, bu noto‘g‘ri ma’lumot, men homiladorlik paytida hatto vitaminlar ham ichganim yo‘q», — deydi aktrisa. Shuningdek, u sun’iy urug‘lantirish orqali homilador bo‘lishga qarshi emasligini ham bildirdi.

«Sizni qachon kinolarda ko‘ramiz?» degan savolga u «Yangi serialda ko‘rishingiz mumkin», deb javob berdi.

Asalning yozishicha, homiladorlik davrida uning qo‘l va oyoqlarida shish kuzatilmoqda.

«Shuning uchun na’matak damlamasini ichyapman», — deydi Asal.

«Karantin tamoman tugaganidan keyin nima qilasiz?» deb so‘radi aktrisadan muxlisi.

«Bolalar xonasiga ko‘chib o‘taman va tagliklarda cho‘milaman», — dedi Asal Shodiyeva.

Avvalroq aktrisa baxti va orzusi haqida aytib o'tgan edi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: o‘zi ishtirokidagi, Sevib, aytdi, Asal Shodiyeva, tomosha qilishini, qaysi filmlarni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя