Главная » 2021 » Март » 11 » Asal Shodiyeva so‘nggi paytlarda kinolarda kam ko‘rinayotgani sababini aytdi
21:25

Asal Shodiyeva so‘nggi paytlarda kinolarda kam ko‘rinayotgani sababini aytdi


Taniqli kinoaktrisa Asal Shodiyeva “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov bilan suhbatda oxirgi yillarda nega filmlarda kam ko‘rinayotganiga oid savolga javob berdi.

“Inson turmush qurganidan keyin u albatta, bor kuchi va vaqtini oilasiga sarflashga harakat qiladi. Oila mustahkam bo‘lib, bitta butun bo‘lmagunicha, karyeraga qo‘l urolmas ekansiz. Shu bois kinolarda biroz tanaffus qilib, takliflarni rad etishimga to‘g‘ri keldi. Mana, farzandim ham katta bo‘lib qoldi, endi kinolarda rol o‘ynashga ko‘proq vaqtim bor.

Yaqinda “Qodirxon” nomli serial va bir qancha kliplarda suratga tushdim. Bundan buyon ssenariysi menga ma’qul kelgan loyihalarda qatnashishda davom etaman”, — dedi aktrisa.

Ma’lumot uchun, Shohruhxon va Asal Shodiyeva 2020-yilning 3-sentabr kuni o‘g‘il farzandli bo‘lgan hamda unga Muhammad Yusuf deb ism qo‘ygan edi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Asal Shodiyeva, ko‘rinayotgani, kinolarda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя