Главная » 2020 » Январь » 15 » Asalari yelimi gripp va shamollashda yordam beradi
09:05

Asalari yelimi gripp va shamollashda yordam beradi


Asalari yelimi (propolis) qator kasalliklarni davolash xususiyatiga ega. Viruslarni, zamburug‘larni, bakteriyalarni yo‘qotadi. Juda kuchli antibiotik. Foydalanishdan oldin esa, unga nisbatan allergiyangiz bormi, yo‘qmi, albatta aniqlab olish shart.

Gripp epidemiyasi boshlanganda profilaktika uchun asalari yelimidan tayyorlangan kremdan foydalanish tavsiya etiladi. Uni burun teshiklari ichiga surish kerak bo‘ladi. Burun bitishi, tumov boshlanishida ham shu usulni qo‘llasa bo‘ladi. Mikroblar burundan tomoqqa o‘tgach, kasallik rivojlana boshlashini bilasiz. 
Gripp va shamollashning boshlanishida tomoq og‘riydi. Tomoq og‘rishini asalari yelimi emulsiyasi hamda qizilpoycha hamda chakanda o‘simliklari moyidan tayyorlangan aralashma yordamida to‘xtatish mumkin. 

Kasallik boshlangani hamono organizmning immun tizimini kuchaytirish shart. Bunda yelimli asalning damlamasi juda foydali. Agar ilgari bunday damlama qo‘llab ko‘rilmagan bo‘linsa, unda bir necha tomchidan boshlagan afzal.  Ko‘p suv ichish lozim. Shunda tanadagi hamma zahar yuvilib chiqadi. 
Yo‘talda ham yelimli asalning damlamasini ko‘krak qafasiga surish, damlamali kompress qo‘yish yaxshi yordam beradi.  


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя