Главная » 2020 » Ноябрь » 17 » Asalhoney: Qilgan ishlarimdan pushaymonman, xalqimizdan uzr so‘rayman
11:56

Asalhoney: Qilgan ishlarimdan pushaymonman, xalqimizdan uzr so‘rayman


Asalhoney nomi bilan tanilgan Asal Xo‘jayeva Toshkent shahar IIB Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limida profilaktik suhbatdan o‘tdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Asalhoney 2-noyabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumani ma’muriy sudi qarori bilan javobgarlikka tortilgani haqida xabar berilgan edi. Sud Asal Xo‘jayevani Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi (haqorat qilish) hamda 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan aybdor deb topib, unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobari (4 460 000 so‘m) miqdorida jarima, shuningdek, uzil-kesil 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan edi. Keyinroq Toshkent shahar Ma’muriy sudi Kassatsiya instansiyasi qarori bilan unga nisbatan tayinlangan jazo voyaga yetmagan farzandi borligi sabab, qamoq jazosi jarimaga o'zgartirilgan edi.

Shunday keyin ham Asalhoney ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga turli behayo videolarni joylashtirishni davom etgan. Profilaktik suhbat davomida u bu kabi videolarni nima sababdan tarqatganiga izoh bergan:

Noyabr oyida Ma’muriy sud tomonidan qamoq jazosi berildi va u jarimaga o‘zgartirilib, muddatidan oldin ozodlikka chiqarildim. Keyin ikkinchi masala, men hech qanaqa video tarqatmaganman, shaxsan o‘zim hech qayerga qo‘ymaganman va bu video 2018-yilda Sochida tushirilgan video. Videoni meni “sochingni 10 kundan beri yuvmaysan”, cho‘milish kiyimida tushganimiz uchun “ko‘kraging osilib ketibdi” deb g‘ururimga tegadigan gaplar bilan haqorat qilgani uchun hammomda sochimni yuvib ko‘rsatib, jo‘natgan videomni menga qarshi chiqarib yuborishgan. Kim va nima maqsadda chiqarib yuborganini bilmayman.

Bundan oldingi rasmlar, birovni jalb qilish uchun emas, do‘konni reklama qilish uchun edi. Bizning shartnomamiz bor edi. O‘sha ich kiyimini reklama qilib berganim uchun menga pul bergan. Pul uchun mayli deb rasmga tushib berganman. Hozir u qiz ishlamayapti, tovar olib kelolmayapti, farzandli bo‘lgani uchun u ishini qila olmayapti.

Moddiy yetishmovchilik oqibatida shu yo‘lga kirib ketganimdan juda ham pushaymonman. O‘zbek ayollariga xos bo‘lmagan yurish-turishimdan afsusdaman. Anchadan buyon bunaqa ish bilan shug‘ullanmayapman, bu haqda oldin ham aytganman. O‘zi janjal ham shuning oqibatida kelib chiqdi, odamlar meni bezovta qilyapti. Bu ish bilan shug‘ullanmayotganimni aytsam ham, odamlar meni bezovta qilayotgani uchun bu holatlar kelib chiqyapti.

Men to‘g‘ri yashash tarziga o‘tganman, boshqa bunaqa harakatlar takrorlanmaydi, xalqdan uzr so‘rayman. Bu ishlardan pushaymonman, to‘g‘ri yo‘lga qaytdim, chunki qizim o‘n yoshga kirdi, hamma narsani tushunadi. Qizimning kelajagi uchun bu ishlarni yig‘ishtirganman, bundan keyin vaqtimni qizimning tarbiyasi bilan shug‘ullanishga sarflayman.

Ta’kidlanishicha, endilikda Xotin-qizlar bo‘limi tomonidan Asalhoney bilan doimiy ravishda profilaktik suhbatlar olib boriladi. Asalhoney rasmiy ravishda ogohlantirilgan va bundan keyin shu kabi xatti-harakatlarni amalga oshirsa, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan javobgarlikka tortilishi aytilgan.

Profilaktik suhbatdan chiqqan Asalhoney O‘zbekiston xalqiga videomurojaat yo‘llab, barchadan uzr so‘ragan.

“Assalomu alaykum, O‘zbekiston xalqi, akalarim-singillarim chiqib ketgan behayo rasmlarim, videolarim uchun sizlardan uzr so‘rayman. Bundan buyon endi men hayotimni onamga, farzandimning tarbiyasiga bag‘ishladim. Qilgan ishlarimdan afsusdaman. Boshga menga yozmanglar, iltimos, meni bezovta qilmanglar. Men to‘g‘ri yo‘lga kirganman. Ayniqsa, bugun IIBda Xotin-qizlar bilan ishlash bilan bo‘limi xodimi Maqsuda opa men bilan profilaktik suhbat o‘tkazdi. Men qilgan ishlarim noto‘g‘ri ekanligini tushunib yetdim, iltimos, meni tinch qo‘yinglar, bezovata qilavermanglar. Meni kechiringlar”, — deydi Asal Xo‘jayeva.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Qilgan ishlarimdan pushaymonman, xalqimizdan, uzr so‘rayman, Asalhoney | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя