Главная » 2021 » Август » 19 » Ashraf G‘ani «o‘g‘irlangan pullar»ga izoh berdi
11:58

Ashraf G‘ani «o‘g‘irlangan pullar»ga izoh berdi


Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani uning Kobuldan katta miqdordagi pullar bilan qochib ketganli haqidagi mish-mishlar asossiz ekanligini ma’lum qildi. 

«Men Kobuldan pul o‘g‘irlab ketganim haqidagi da’volar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi», — dedi  Ashraf G‘ani  «Facebook»dagi sahifasida joylashtirilgan videomurojaatida.

Afg‘onistonning Tojikistondagi elchisi Muhammad Zoxir Akbar chorshanba kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Ashraf G‘ani g‘aznadan 169 million dollarni o‘g‘irlab ketgan, deb bayonot bergan  edi.

U G‘anining qochishini «davlatga va millatga hiyonat», deya atagandi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Ashraf G‘ani hozirda qaysi davlatda ekani ma’lum bo‘lgandi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Ashraf G‘ani, pullar, o‘g‘irlangan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя