Главная » 2021 » Март » 22 » AstraZeneca vaksinasi tarkibida cho‘chqa unsurlari bormi?
10:14

AstraZeneca vaksinasi tarkibida cho‘chqa unsurlari bormi?


Avvalroq, Indoneziya Oliy musulmon kengashi koronavirusga qarshi ingilz-shved AstraZeneca koronavirus vaksinasi tarkibida cho‘chqa go‘shtidan olinadigan tripsin moddasi borligini aytib chiqqandi.

Kecha, 21 mart kuni AstraZeneca'ning Indoneziyadagi vakili Rizmon Abudayri shu masalada bayonot berdi. Unda vaksina ishlab chiqaruvchilari koronaviruga qarshi ishlab chiqqan vaksinasi tarkibida shariatda taqiqlangan cho‘chqa unsurlari yo‘qligini ma’lum qildi.

“Bu vektor virusli vaksinani ishlab chiqarish jarayonining hech bir bosqichida cho‘chqa yo boshqa hayvonlardan olinadigan biror unsurdan foydalanilmaydi, bu kabi unsurlarning ishlab chiqarish jarayonlariga aloqasi yo‘q”, deyiladi rasmiy chiqishda.

Ma’lumot uchun, Indoneziyaning Oliy musulmon kengashi AstraZeneca vaksinasi tarkibida cho‘chqaning oshqozonosti bezidan olingan tripsin moddasi borligini aytib, uni harom deb fatvo bergandi. Lekin kengash preparatni faqat pandemiya sharoitidagina favqulodda qo‘llashni ma’qullagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston COVAX dasturi doirasida hozirgacha 660 ming doza AstraZeneca vaksinasini qabul qilib oldi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: AstraZeneca, cho‘chqa, unsurlari, vaksinasi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя