Главная » 2020 » Октябрь » 9 » Atambayevning mashinasiga o‘q uzishdi
21:06

Atambayevning mashinasiga o‘q uzishdi


Bishkekdagi Ala-Too maydonida otishma sodir bo‘ldi. O‘q ovozini eshitgan olomon 4 tomonga qarab qochdi. Sputnik Qirg‘iziston xabariga asosan, deb yozmoqda "sputniknews-uz.com". 

Voqea guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, aniqlanmagan shaxslar Atambayevning mashinasiga o‘q uzgan. Keyinroq u yerda 2 ta jangovar patron gilzasi topilgan. 

Ushbu voqeadan biroz oldin Ala-Too maydonida 2 ta turli muxolitfat guruhlari orasida to‘qnashuv bo‘lgan. Bir tomondan Almazbek Atambayev, Omurbek Babanov va uyushgan jinoyatchilikka qarshi bo‘lganlar ikkinchi tomondan Sadir Japarov tarafdorlari kelishgan. Muxolifatchilar bir-birlarini toshbo‘ron qilishgan edi. Keyinroq Japarov tarafdorlari Ala-Too maydonini egallashgan. 

So‘nggi damda olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Ala-Too maydonida yana bir necha kishi jarohatlangan. Ulardan biri siyosatchilardan birining tan soqchisi ikkinchisi muxolifatchi Toktogaziyev. 


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: o‘q uzishdi, mashinasiga, Atambayevning | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя