Главная » 2020 » Июнь » 13 » “Avatar” filmidagi Neytiri rolini ijro qilgan aktrisa kim va u qanday ko‘rinishga ega?
11:19

“Avatar” filmidagi Neytiri rolini ijro qilgan aktrisa kim va u qanday ko‘rinishga ega?


Jeyms Kemeronning mashhur “Avatar” filmini tomosha qilgan muxlislar, asosan, kompyuter grafikasidan foydalanilgan degan xayolga boradi, aslida esa filmda ko‘plab aktyorlar ishtirok etgan bo‘lib, ularni uzoq vaqt grim qilishga to‘g‘ri kelgan. Filmda Neytiri qahramonini ijro qilgan aktrisa kim? Quyida ushbu savolga javob beramiz.

1. Neytiri rolini Zoi Saldana ijro qilgan bo‘lib, aktrisa 1978-yil 19-iyunda AQShda dunyoga kelgan.

2. Zoining otasi hayotdan erta ko‘z yumgan. Shundan keyin uning onasi qarindoshlari yoniga — Dominika Respublikasiga ko‘chib ketishga qaror qilgan. Saldana voyaga yetganidan keyin Amerikaga qaytib keladi va raqs bilan shug‘ullanishni boshlaydi.

3. Raqs kino olamiga kirib kelishiga sababchi bo‘ladi. Center Stage filmidagi raqqosa rolidan keyin esa Jeyms Kemeron uni “Avatar” filmiga taklif qiladi.
4. Saldana bundan tashqari “Galaktika qo‘riqchilari”, “Qasoskorlar”, shuningdek, “Samo sari yo‘l” filmlarida ham rol ijro qilgan.

5. Aktrisa 2013-yili Londonda rassom Marko Perego bilan turmush qurgan. Bugungi kunda juftlik uch farzandni tarbiyalamoqda.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: “Avatar”, rolini ijro qilgan aktrisa, filmidagi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя