Главная » 2020 » Январь » 7 » Avstraliya alanga ichida qoldi!
23:02

Avstraliya alanga ichida qoldi!


Avstraliya bir necha oydirki alanga ichida qolgan. Mamlakatda o‘rmon yong‘inlari borgan sari kuchayib, kengayib boryapti. Yong‘in tutuni Janubiy Amerikagacha yetib borib, Chilining markaziy va janubiy hududlarining katta qismida osmonni qopladi. Bu haqda Chilining MeteoChile meteorologik xizmati xabar berdi. 

“Tasvirda Avstraliyadagi yong‘inlar tutunini ko‘rish mumkin. Havo oqimi uni Chili va Argentinagacha yetkazdi”, deb ma’lum qilgan MeteoChile o‘z xabarida. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar soni 25 nafarga yetgan. Hayvonot olami boy bo‘lgan Avstraliyada yarim milliardan ortiq jonzot yonib ketgan, jumladan, 8 ming koala ham. 1,5 mingga yaqin uy vayron bo‘lgan, Umumiy hisobda yong‘inlar tufayli mamlakatning 6 ta shtatida 6 mln gektarga yaqin maydon alanga ichida qolmoqda. Yong‘inlar havo harorati ko‘tarilishi sababli 9 yanvarga kelib yanada kuchayishi mumkin.

Картинки по запросу australian fire animals

Картинки по запросу incendios en galicia 2017

Hukumat jabrlangan hududlarga harbiy kemalar va aviatsiya jo‘natmoqda. Avstraliyaning janubi-sharqiy sohilida katta ko‘lamli evakuatsiya olib borilmoqda. Fransiya va Malayziya yong‘inlarni bartaraf etish va odamlarni evakuatsiya qilishda Avstraliya hukumatiga o‘z yordamini taklif qildi.

Картинки по запросу пожар австралия

Картинки по запросу пожар австралия

Ma’lumot uchun, Avstraliyadan Janubiy Amerikagacha masofa taxminan 16 ming kmni tashkil qiladi.

Картинки по запросу пожар австралия

Картинки по запросу пожар австралия

Картинки по запросу пожар австралия


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя