Главная » 2020 » Апрель » 9 » Avstraliyada 48 soat ichida koronavirusni organizmda bloklovchi dori ixtiro qilindi
10:17

Avstraliyada 48 soat ichida koronavirusni organizmda bloklovchi dori ixtiro qilindi


Avstraliyalik olimlar koronavirusga qarshi samarali Ivermektin dorisi haqida ma’lum qilishdi. Ushbu Ivermektin antiparazitik dorisi ikki kun ichida koronavirusning odam tanasida ko‘payishini to‘xtatishga qodir. Bu haqda kecha, 8 aprel kuni Monash universiteti va Melburndagi Qirollik shifoxonasi olimlari “Antiviral Research” jurnalida ma'lum qilishdi.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, ivermektin tez ko‘payuvchan SARS-CoV-2 virusini odam hujayrasida ko‘payishini bloklaydi. Ma’lumki, ushbu virus odam hujayrasiga kirgandan so‘ng 100 tadan 1000 tagacha ko'payishi mumkin.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, sinovlar davomida preparatning koronavirus bilan kasallangan hujayralarga ta’siri o‘rganilgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, kasallangan organizmga ivermektin kiritilgandan ikki kun o‘tgach, virusning 99 foiz RNKsi hujayralarga kirganidan so‘ng o‘z “faoliyatini” to‘xtatgan.

“Ivermektin bilan ishlov berilgan hujayralarda 48 soatdan keyin virusli RNK miqdori besh ming marta kamaydi. Bu hujayradagi barcha virusli moddalarning yo‘qolishiga dalolat beradi”, deyiladi maqolada.

Shu bilan birga, olimlarning ta’kidlashicha, sinovlarda ivermektinning toksik ta’siri aniqlanmagan. Inson organizmiga zarari yo‘q.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя