Главная » 2017 » Май » 3 » Avstraliyada boshiga pichoq qadalgan o‘rdak qidirilmoqda
15:44

Avstraliyada boshiga pichoq qadalgan o‘rdak qidirilmoqda


Avstraliyalik zoologiya himoyachilari boshiga pichoq qadalgan holda suratga tushirilgan o‘rdakni qidirmoqda, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘rdak Avstraliyaning Neyrn shahridagi xiyobonlardan birida yashaydi. Hayvonlarni himoya qilish xizmati xodimlari uni xiyobondan qidirib topa olmadi.

Avstraliya qonunlariga binoan hayvonlarga nisbatan qilingan shafqatsizlik uchun katta jarima to‘lanadi yoki to‘rt yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanadi. Hukumat jabrlangan o‘rdakka veterinar yordami kerakligi tufayli uni topishda fuqarolardan yordam so‘radi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: boshiga, o‘rdak qidirilmoqda, pichoq qadalgan, Avstraliya | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя