Главная » 2020 » Январь » 11 » Avstraliyada yong‘in tufayli uysiz qolgan erkak lotereya o‘ynab millionerga aylandi
08:52

Avstraliyada yong‘in tufayli uysiz qolgan erkak lotereya o‘ynab millionerga aylandi


Avstraliyada yong‘in tufayli uyidan ayrilgan erkak Gold Lotto lotereyasini o‘ynab millionerga aylandi, deb yozmoqda Nine News.

Ma’lum bo‘lishicha, Kvinslend shtatida yashovchi erkakning o‘tgan yili Yangi Uels shtatida sodir bo‘lgan yong‘in oyibatida o‘z oilasi bilan yashagan uyi yonib ketgan. Yanvar oyi boshida u turmush o‘rtog‘ining sevimli raqamlaridan foydalanib onlayn-lotereyada o‘ynagan va million Avstraliya dollari yutib olgan.

Omadi chopgan avstraliyalik erkak g‘oliblik unga ayni mudaao bo‘lganini ta’kidlagan. “Bu haqiqiy mo‘jiza. Yong‘in oqibatida yo‘qotgan oilam bilan yashagan uyim sug‘urtalanmagan edi. G‘oliblik ayni kerakli paytda yuz berdi. Uyimdan atigi bir necha kuygan chashkalar qolgan edi”, — degan u.

U lotereyadan yutib olgan pullarga yangi uy qurishni rejalashtirmoqda.

Astraliyada o‘rmon yong‘inlari o‘tgan yilning sentabridan buyon avj oldi. Buning oqibatida 19 kishi halok bo‘lgan, milliarddan ortiq hayvonlar va qushlar nobud bo‘lgan, yuzlab binolar vayron bo‘lgan


Manba: "daryo.uz"
| Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя