Главная » 2020 » Январь » 14 » Avstraliyadagi o‘rmon yong‘inlari tutuni yaqin orada Yer atrofini to‘liq aylanib chiqadi
23:30

Avstraliyadagi o‘rmon yong‘inlari tutuni yaqin orada Yer atrofini to‘liq aylanib chiqadi


Avstraliyada bir necha oydan beri davom etayotgan o‘rmon yong‘inlari tutuni yaqin orada Yer atrofini to‘liq aylanib, yana Avstraliyaga qaytadi. Bu haqda NASA mutaxassislari ma'lum qilishdi, deb xabar berdi VVS telekanali.

“Tutun Yer atrofida kamida bir marta to‘liq aylanishi kutilmoqda”, deb aytilgan AQSh koinot agentligida. Ma'lumotlarga ko‘ra, 8 yanvarda tutun Tinch okeanini kesib o‘tib, sayyoramiz atrofidagi yarim yo‘lni bosib o‘tgan.

Hozirga kelib Avstraliyadagi katta ko‘lamli yong‘inlar oqibatida 28 kishi halok bo‘lgan, milliarddan ko‘proq jonzot nobud bo‘lgan va 10 mln gektarga yaqin o‘rmon yonib ketgan. 

NASA mutaxassislarining ta'kidlashicha, Avstraliyadagi o‘rmon yong‘inlari yonish mahsulotlari 18 km balandlikdagi strastosferada aniqlangan. “Tutun strastosferaga tushgach, o‘z manbaidan minglab millarga to‘zg‘ib ketishi va butun dunyoda atmosferaga ta'sir qilishi mumkin”, deb aytilgan NASA’da.

Koinot agentligida ta'kidlanishicha, Avstraliyadagi yong‘inlar tutuni Janubiy Amerikada osmon rangini o‘zgartirgan va Yangi Zelandiyada havoning ifloslanishi va tog‘ cho‘qqilarida qor rangi o‘zgartirishiga olib kelgan.


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя