Главная » 2020 » Февраль » 5 » Avstriyada koronavirusga chalinganlikda gumonlangan ayol kasalxonadan qochib ketdi
21:43

Avstriyada koronavirusga chalinganlikda gumonlangan ayol kasalxonadan qochib ketdi


Avstriyaning Zalsburg shahrida koronavirusiga chalinganlikda gumonlangan bemor kasalxonadan qochib ketdi, deb xabar bermoqda OE24 telekanali.
 

Ma’lum bo‘lishicha, 31 yoshli ayol vrachlar uni tekshiruvdan o‘tkazganidan keyin yuqumli kasalliklar bo‘limidan qochib ketgan. Politsiya xodimlari uni uydan topgan.

Tahlil natijalari burun kechqurun ma’lum bo‘lishi kerak bo‘lgan. Ayol yo‘tal va nafas olishdagi muammolardan so‘ng 4-fevral, seshanba kuni, kasalxonaga murojaat qilgan. Bu ayolning Tayvan va Yangi Zelandiya safardan qaytganidan keyin sodir bo‘lgan.

Xitoy sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi ma'lumotlarga ko'ra, mamlakatda 4-fevral holati bo‘yicha 20 438 ta koronavirusni yuqtirish holati qayd etilib, vafot etganlar soni 425 kishiga yetdi. Komissiya 2788 ta holatda bemorlarning ahvoli og‘irligini ma'lum qilgan. Hozirga qadar 480 ga yaqin kishi sog'aygani aytilmoqda.

Gonkongda koronavirus oqibatida birinchi o'lim holati qayd etildi. Bu Xitoy tashqarisida qayd etilgan ikkinchi o‘lim holati. Avvalroq Filippinda 44 yoshli erkak vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Olimlarga ko‘ra, 2020-yilning 25-yanvar holatida koronavirusni yuqtirgan bemorlar soni 75 815 nafarni tashkil etgan. Bu esa rasmiy e'lon qilingan raqamlardan o‘n baravar ko‘p degani.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя