Главная » 2021 » Октябрь » 1 » Avtobloger qo‘lga tushdi, telefonidan porno mahsulotlar topildi
15:03

Avtobloger qo‘lga tushdi, telefonidan porno mahsulotlar topildi


Ijtimoiy tarmoqlarda bloger Bobur G‘aniyev Uchtepa tumani IIO FMB xodimlari tomonidan ushlanganligi haqidagi xabarlar tarqaldi.

Toshkent shahar IIBB mazkur xabar yuzasidan bayonot berdi. 

30 sentyabr kuni Uchtepa tumani «Farxod»  bozori ro‘parasida o‘tkazilayotgan «Xavfsiz poytaxt» profilaktik tadbiri davomida Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektorlari Epika avtomashinasini to‘xtatilgan.

Transport vositasi haydovchisi 1993-yilda tug‘ilgan Abror Kozubayevning (internet tarmog‘ida «Abror bloger» nomi bilan tanilgan) hujjatlari tekshirilgan. Shu jarayonda Epika rusumli avtomashinada yo‘lovchi sifatida o‘tirgan 1987 yilda tug‘ilgan Bobur G‘aniyev (internet tarmog‘ida «Avtobloger Bobur G‘aniyev» nomi bilan tanilgan) YPX inspektorlarini haqorat qilib, janjal ko‘targan. 

Shundan so‘ng transport vositasining haydovchisi A.Kozubayev, yo‘lovchilari B.G‘aniyev va O.Salimovlar Uchtepa tumani IIO FMBga olib borilgan. Holat yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtirish va tekshiruv o‘tkazish jarayonida B.G‘aniyevning shaxsiy uyali telefon apparatida pornografik mazmundagi qonunda taqiqlangan videomateriallar va fotosuratlar borligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, natijasi bo‘yicha to‘plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun sudga taqdim yetiladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: telefon, Avtobloger, qo‘lga tushdi, Porno | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя