Главная » 2021 » Апрель » 5 » Avtokredit bozorida pasayish kuzatilmoqda
12:37

Avtokredit bozorida pasayish kuzatilmoqda


O‘zavtomotors avtomobillari uchun kontraktatsiya qaytadan ochilgandan keyin o‘tgan davrda kuzatuvlar shuni qayd etmoqdaki, tijorat banklarida avtokredit mahsulotlariga buyurtmalar tobora kamayib, susayib bormoqda, — deb yozadi bankiroff kanali.

Izohlanishicha, avtokreditga talabning pasayib borayotgani mavsumiy omillar yoki foizlar bilan bog‘liq emas. Masalan, mart va yanvar oyida avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha tortilgan stavkalar va takliflar deyarli o‘zgarishsiz qolgan (fevral oyi kontraktatsiya deyarli yopiq bo‘lgan). Lekin yanvarga nisbatan mart oyida avtokreditlarga buyurtmalar sezilarli darajada kamaygan.

Qayd etilishicha, talab kamayishining sababi shartnomalarda avtomashinalarni yetkazib berish bilan bog‘liq muddatlarga taaluqli. Xabaringiz bor, mart oyidan boshlab, O‘zavtomotors avtomashinalari uchun 3, 6 va hatto 9 oygacha muddatlarda yetkazib berish shartlarida shartnomalar tuzilmoqda.

«Potensial qarzdorlar shuncha muddat davomida, avtomashinani qo‘lga kiritmay turib, avtokreditlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishni o‘zlari uchun ma’qul deb bilmayotgani tushunarli albatta.

Tijorat banklari bunday vaziyatda qanday choralarni ko‘rishni boshlaydi, hozircha bir narsa deyish qiyin. Uzunroq pullarga ega kamsonli banklar balki avtomashina yetkazib berish muddatiga mutanosib ravishda imtiyozli davr belgilash choralariga o‘tishlari ham mumkin. Ko‘pchilik banklar esa daromadli operatsiyalardan voz kechmaslik uchun ikkilamchi bozordan avtomashinalar xarid qilish uchun avtokreditlarni yo‘lga qo‘yishlari yoki bunday mahsulotlar taklifini faollashtirishlarini kutish mumkin bo‘ladi.

Ikkilamchi bozordan avtokreditlarning faollashuvi O‘zavtomotorsning O‘zbekistondagi yagona raqobatchisi  bo‘lgan eski avtomashinalar narxlarini oshishiga va albatta monopoliyatning sotuvlari hajmi kamayib borishiga turtki bo‘lishi tabiiy», — deya xulosa yasaydi mutaxassis.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: pasayish, kuzatilmoqda, bozorida, avtokredit | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя