Главная » 2021 » Сентябрь » 24 » «Avtomat korobka» umrini uzaytirish uchun nima qilish kerak?
11:28

«Avtomat korobka» umrini uzaytirish uchun nima qilish kerak?


Mashinalardagi avtomat uzatmali qurilmalar mexanik qurilmalarga nisbatan birmuncha murakkab tuzilgan, shu bois ularga o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatish va to‘g‘ri foydalanish kerak.

«Avtomat» har qancha murakkab bo‘lgani bilan umrini uzaytirish uncha qiyinmas, deyishmoqda «Avtonovosti dnya» portali ekspertlari.

Moyni almashtirish kerak

Agarda avtomat uzatmalar qutisi uzoq vaqt xizmatingizda bo‘lishini istasangiz har 30-60 ming kilometr yo‘l bosilgandan so‘ng moyini yangilab turing. Buni to‘liq (transmissiya suyuqligini to‘kish orqali) yoki qisman amalga oshirish mumkin.

Samarasi yaxshi bo‘lishi uchun mashinani avtoservisga olib boring. Moy qo‘lda almashtirilganda yangilanish chala bo‘lishi va oqibatda uzatmaning xizmat muddatiga ijobiy ta’sir etmasligi ehtimoli bor.

Mashinani qizdiring

Buni shundoq ham ko‘pchilik biladi: mashinani qizdirishga erinmang. Shunda ayniqsa yilning sovuq fasllarda quyuqlashib qoladigan moyning sirg‘aluvchanlik xususiyati oshadi. Buning uchun ikki-uch daqiqa kifoya. Bundan tashqari, mashinani haydashda dastlabki kilometrda keskin qo‘zg‘alish va to‘xtalishlardan tiyilgan ma’qul.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: Avtomat korobka | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя