Главная » 2018 » Август » 29 » Avtotransport oynalarini qoraytirish ishlarini kim amalga oshiradi?
08:37

Avtotransport oynalarini qoraytirish ishlarini kim amalga oshiradi?


Engil avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish, uni ro‘yxatga olish va ruxsatnomaning amal qilinishini bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Bu haqida adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Nizomga muvofiq, ruxsatnoma Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining hududiy bo‘linmalari tomonidan beriladi.

Yengil avtotransport oynalarining tusini o‘zgartirish (qoraytirish) ishlari esa “Innovasion loyihalar va aholiga servis xizmat ko‘rsatish markazi” DUK tomonidan amalga oshiriladi.

Ruxsatnoma olish uchun zarur bo‘ladigan ma’lumotlar va hujjatlar namunasi Ichki ishlar vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.

Shuningdek, Nizom bilan ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, amal qilish muddatini uzaytirish, dublikatini berish tartiblari belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, ruxsatnoma 1 yil muddatga beriladi, egasi uni amal qilish muddati tugashidan oldin foydalanishdan voz kechgan taqdirda, to‘lovning qolgan qismi qaytarilmaydi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Avto Olam | | Теги: qoraytirish, Avtotransport, Kim, amalga oshiradi, oynalar, ishlari | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя