Главная » 2016 » Декабрь » 3 » Aylanay pirogi - Yeganlar darmonda, yemaganlar armonda…
11:37

Aylanay pirogi - Yeganlar darmonda, yemaganlar armonda…


Zarur masalliqlar: xamiriga: 400 gr. un, 200 gr. margarin, 100 gr. mayonez, 2 dona tuxum, 1 choy qoshiq sirkada so‘ndirilgan iste’mol sodasi, 1,5 choy qoshiq xamiryumshatgich; ichiga solishga: maymunjon jemi yoki murabbosi.

Tayyorlanishi: 1. Qirg‘ichdan o‘tkazilgan margarinni 2 st. un bilan uvalab oling. Aralashmadan yarim piyola ajratib qo‘ying.

2. Margarinli masalliqqa tuxum va  iste’mol sodasi qo‘shilgan mayonezni qo‘shing. Unning qolgan qismini solayotganda xamiryumshatgichni ham aralashtirib oling. Xamir yumshoq chiqishi kerak.

3. Tayyor xamirni gaz pechi patnisiga joylab, ustiga maymunjon jemini surting. So‘ng margarinli aralashmadan olib qo‘yilganini sepib chiqing.

4. Pishiriq 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 30 daqiqa davomida tayyor bo‘ladi.

Tayyorlanish vaqti: 30 daqiqa

8 kishilik


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Ritseptlar | | Теги: Aylanay pirogi | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя