Главная » 2020 » Март » 26 » Aynan Xitoydan yordam olish kerak – Nurmat Otabekov xavotirlarga javob berdi
16:45

Aynan Xitoydan yordam olish kerak – Nurmat Otabekov xavotirlarga javob berdi


Ijtimoy tarmoqlarida O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurashda Xitoydan mutaxassislar chaqirmasligi, bu yomon oqibatlarga olib kelishi haqida gaplar yuribdi. Bu qanchalik asosli? Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov shu masalaga oydinlik kiritdi.

“Nazarimda aynan Xitoydan yordam olish kerak. Negaki ushbu davlat koronavirus epidemiyasini yengib, butun dunyoga kasallikni yengish imkoniyati borligini isbotladi. Mutaxassislari esa qariyib 4 oylik karantin davrida katta tajribaga ega bo‘lishdi. Xitoy davlati o‘zi yordam beraman deb turgan paytda, oldi-qochdi gaplarga ishonib undan voz kechish juda katta xato bo‘lardi”, dedi Otabekov.

Otabekov buyrak transplantatsiya jarrohlik amaliyoti o‘tkazgan shaxslar hamda boshqa surunkali somatik kasalliklarga chalingan aholi ham xavfli guruhga kirishini ta’kidladi.

"Demak, biz ularni kasallanib qolishdan himoya qilishimiz kerak. Har qanday holatda ham kasallikga erta tashhis qo‘yilib, asoratlar yuzaga kelmasdan turib davolash muolajalari boshlansa, jiddiy asoratlarsiz davolab yuborish imkoniyati saqlanib qoladi va mavjud", deydi Otabekov.

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя