Главная » 2020 » Апрель » 20 » Ayol erining xiyonatiga chidolmasdan o‘z joniga qasd qildi
11:53

Ayol erining xiyonatiga chidolmasdan o‘z joniga qasd qildi


Jizzax viloyatida ayol kishi erining xiyonatiga chidolmay, o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Jizzax viloyat IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

2019 yilning mart oyida Jizzax viloyati, G‘allaorol tumani, Qashqabuloq mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi A.G. turmush o‘rtog‘i A.O‘. bilan janjallashgan. A.G. eridan arazlab, mazkur mahallada yashovchi ota-onasining uyiga ketib qolgan.

Shundan keyin ayol erining uyiga qaytib bormagan. Bu vaqt ichida erkak boshqa ayol bilan don olishib, birga yashay boshlagan. Tez orada ayol homilador bo‘lib qolgan.

Vaqt o‘tib, fuqaro A.G. erining boshqa ayol bilan yashayotgani va u ayolning homilador ekanligini bilib qolgan. Voqeadan tushkunlikka tushib, o‘zining qorin qismiga oshxona pichog‘i bilan urib tan jarohati yetkazgan.

Hozirda bemor tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Ayol, xiyonatiga, Erining, o‘z joniga qasd qildi, chidolmasdan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя