Главная » 2020 » Август » 5 » Ayol erkaklar futbol jamoasi o‘yinchisiga aylandi
08:55

Ayol erkaklar futbol jamoasi o‘yinchisiga aylandi


Ellen Fokkema ismli futbolchi ayol Niderlandiyaning to‘rtinchi divizionidagi «Foarut» erkaklar jamoasi o‘yinchisiga aylandi. Bu haqda Qirollik futbol ittifoqi (KNVB) saytida xabar berilgan.

Tashkilot matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 19 yoshli sportchining «Foarut» bilan shartnomasi tajriba sifatida imzolandi. Ta’kidlanishicha, bu qaror futbolda teng huquqlilikning rivojlanishiga yordam beradi.

Besh yildan beri jamoa bilan birga shug‘ullanayotgan Fokkema futbol ittifoqining qaroridan manun ekanligini bildirdi.

«Jamoadoshlarim ular bilan o‘ynashda davom etishim mumkinligini zo‘r ishtiyoq bilan qabul qilishdi», — deya ta’kidladi u.

Hozirgi kunda Niderlandiyada erkaklar va ayollar 19 yoshgacha bitta jamoada futbol o‘ynashi mumkin. Shundan so‘ng erkaklar A toifada o‘ynash uchun erkaklar klubiga o‘tishadi, ayollar esa B toifadagi ligada to‘p tepishlari mumkin.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: erkaklar, o‘yinchisiga aylandi, Ayol, futbol jamoasi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя