Главная » 2020 » Август » 12 » Ayol kishi turmush o‘rtog‘idan bir necha yoshga katta bo‘lgan yulduzli juftliklar (foto)
21:34

Ayol kishi turmush o‘rtog‘idan bir necha yoshga katta bo‘lgan yulduzli juftliklar (foto)


Yosh, ijtimoiy kelib chiqish va boshqa stereotiplar muhabbat oldida ojizlik qiladi. Harper’s Bazaar nashri e'lon qilgan, yoshida katta tafovut bo‘lishiga qaramay birga yashab kelayotgan yulduzli juftliklar esa buning isboti.

Xyu Jekman va Deborra-Li Ferness

Aktyor o‘zidan 13 yosh katta Deborra-Li Ferness bilan turmush qurganiga 24 yil bo‘lgan. U bo‘lajak rafiqasi bilan “Korelli” serialining suratga olish jarayonida tanishgan. Bu vaqtda Ferness tanilib ulgurgan, Jekman bo‘lsa endigina karyerasini boshlayotgan bo‘lgan. Turmush qurganidan keyin bir necha marta homilasi nobud bo‘lavergach, juftlik bola asrab olishga qaror qilgan: 2000-yilda Oskar ismli o‘g‘il, oradan besh yil o‘tganida keyin Avu ismli qizni farzandlikka olgan. Jekman va Deborraning baxtiyor turmushi siri — qanday loyiha yoki ish jadvali bo‘lishidan qat’i nazar ikki haftadan ko‘p oilasidan uzoqda bo‘lmaslik hamda muammo va quvonchni birgalikda baham ko‘rish bilan bog‘liq.

Tilda Suinton va Sandro Kopp

Shaxsiy hayoti bilan bog‘liq voqea-hodisalarni bo‘lishishni yoqtirmaydigan aktrisa turmush o‘rtog‘idan 17 yosh katta. Rassom Sandro Kopp bilan 2004-yil “Narniya saltanati: Sher, jodugar va sehrli shkaf” filmining suratga olish maydonchasida boshlangan munosabatlar jiddiy tus ola boshlagan. Shunday buyon juftlik baxtli hayot kechirib kelmoqda.

Aaron Teylor-Jonson va Sem Teylor-Jonson

2009-yilda Jon Lennon haqida suratga olingan film maydonchasida Aaron bilan tanishguniga qadar Sem qiyinchiliklarni boshidan kechirgan: art-diller Jey Jopling bilan ajrashgan va ikki marta saraton xastaligi bilan kurashib ulgurgan. Aaronning jiddiy niyatiga Semning o‘zidan 23 yosh katta va birinchi turmushidan ikki nafar farzandi bo‘lgani to‘siq bo‘lolmagan. 2012-yilda turmush qurgan mashhurlarning ikki nafar qiz farzandi bor.

Brijit va Emmanuel Makron

Fransiyaning amaldagi prezidenti Emmanuel Makron rafiqasi Brijit Ozerdan 24 yosh kichik. Emmanuel o‘zining 40 yoshli fransuz tili o‘qituvchisini yoqtirishini bilgan ota-onasi ularning munosabatlariga qarshilik qilgan va ajratish uchun o‘g‘lini Parijga jo‘natgan. Bu vaqtda Makron va Brijitning munosabatlari maktublardagi yozishmalar orqali davom etgan. Munosabatlar 2007-yilda nikoh bilan mustahkamlangan. Oradan o‘n yil o‘tib esa Makron Fransiya prezidenti etib saylangan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: (Foto), bir necha yoshga, katta bo‘lgan, turmush o‘rtog‘idan, ayol kishi, yulduzli juftliklar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя