Главная » 2019 » Январь » 24 » Ayol kishi uchun jinsiy aloqa lazzatliroq kechishi uchun nima yeyishi kerak?
20:27

Ayol kishi uchun jinsiy aloqa lazzatliroq kechishi uchun nima yeyishi kerak?


Jinsiy aloqaning sifati ko'plab omillarga bog'liq. Lekin ayolning nima yeyayotgani ham organizmni lazzatlana olish qobiliyatiga ta'sir ko'rsata oladi.
Ayol quyidagi 10 mahsulotni muntazam ravishda iste'mol qilib yursa, jinsiy munosabatlari yaxshilanadi.

1. Qulupnay. Sink moddasiga boy bo'lgan ushbu meva ayol organizmini jinsiy uyg'otib beradi.

2. Asal. Asal ko'plab foydali moddalardan tarkib topgan. Shakarni o'rniga har kuni iste'mol qilinadigan asal ayolning umumiy va jinsiy salomatligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

3. Shokolad. "Baxt gormoni" - serotoninni organizmda ishlab chiqaruvchi ushbu yegulik ayolni jinsiy aloqaga bo'lgan hoxishini kuchaytirib beradi.

4. Selder ko'kati. Qadimdan ayollar jinsiy munosabatlardan lazzatlanish maqsadida ushbu ko'katni ko'p iste'mol qilib yurgan.

5. Zaytun yoki zaytun yog'i. Vitamin E ga boy zaytun mahsulotlari ayolning jinsiy a'zolari elastikligini oshirib beradi.

6. Qizil baliq va uning turlari. Qizil baliq turlari serotonin va estrogen gormonlariga boydir. Undan tashqari ular omega moddasi bilan organizmni boyitadi. Bularning barchasi jisniy salomatlik uchun muhim omillardir.

7. Dolchin(korisa) ziravori. Bolaligimizdan xush ko'rib yeydigan shirinliklarimizda dolchin bo'ladi. Dolchin ayolning jisniy lazzatlanish qobiliyatini oshiradi.

8. Qovoq pistasi. Qovoq pistasi nafaqat ayol balki erkak jinsiy kuchini ham oshirib berish xususiyatiga ega.

9. Zanjabil. Har kuni asal choyga qo'shilgan zanjabil ildizi kukuni ayolning jisniy hayotini ijobiy tomonga o'zgartirib beradi.

10. Bodom. Ba'zi tadqiqotlarning ko'rsatishicha, bodomning hatto hidi ham ayolda jinsiy talpinishni kuchaytirib berar ekan.

Jinsiy munoasabatlarni yaxshilanishiga, ayolning bu munosabatlardan qoniqib lazzatlanishiga to'sqinlik qiladigan eng katta omil, bu ayolning o'ziga bo'lgan ishonchsizligidir. Jisniy munosabatlarda ayol o'zini sevib, o'zidan, tanasidan mamnun bo'la olishi juda muhim. O'ziga yoqmayotgan bo'lsa, u jinsiy munosabatlardan hech qachon lazzatlana olmaydi. Ayol o'ziga yoqish ustida kurash olib borishi, o'zini seva olishi, o'z tanasidan faxrlana bilishi uning jinsiy munosabatlarda o'zini topa olishida yordam beradi.


Manba: "uzbaby.uz"
Категория: Er-Xotin, Turmush psixologiyasi | | Теги: jinsiy aloqa, Ayol | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя