Главная » 2017 » Июль » 18 » Ayol messenjerdagi xabariga javob yozmagani sababli eri bilan ajrashdi
17:09

Ayol messenjerdagi xabariga javob yozmagani sababli eri bilan ajrashdi


Tayvanning Sinchju shahrida er va xotin arzimagan sabab bilan ajrashdi. Gap shundaki, ayol messenjer orqali turmush o‘rtog‘iga xabar yozganida, eri unga javob bermagan. Bu holat ayolning g‘azabini qo‘zg‘atib, eri bilan ajrashish uchun ariza bergan va sud ayolning foydasiga qaror chiqargan.

Aniqlanishicha, ayol Line messenjeri orqali eriga 6 oy davomida xabarlar yozgan, ammo turmush o‘rtog‘i bularning birortasiga ham javob bermagan. Ayol hattoki, YTH sabab shifoxonaga yetkazilgani haqida yozganida ham turmush o‘rtog‘i javob bermagan. Halokatdan bir necha hafta o‘tibgina, ayolning turmush o‘rtog‘i bir marotaba kuchugi haqida qisqa xabar yozib yuborgan.

Sud vaqtida ayol erining daromadi barqaror emasligidan, qarindoshlari bilan munosabati yaxshi emasligidan ham shikoyat qilgan. Shunday bo‘lsa-da, aynan ayolning xabarlariga erining befarqligi ajrashishga ariza berishiga sabab bo‘lgan.

Ayolning turmush o‘rtog‘i unga yuborilgan ogohlantiruvga qaramasdan, sudga kelmagan. Sud esa ajrimni tasdiqlagan.

2016 yilda Birlashgan Arab Amirliklarida ham shunga o‘xshash antiqa ajrim holati shov-shuvga aylangandi. O‘z rafiqasini ilk marta makiyajsiz ko‘rgan er ayoli bilan ajrashishga qaror qilgandi. O‘sha vaqtda yosh oila Sharja shahrida dam olishgan. Cho‘milish uchun hovuzga tushgan ayolning makiyaji yuvilganidan so‘ng, eri 24 yoshli rafiqasining ulama kiprik va rangli linza taqishini payqagan. Bundan tashqari, uning rafiqasi bir nesa plastik operatsiyalarni ham amalga oshirganini aniqlagan. Shundan so‘ng, er o‘z rafiqasidan shikoyat qilib, u bilan ajrashgan edi.

Durdona Rasulova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: er, ajrashdi, Xabar, Ayol | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя