Главная » 2021 » Январь » 27 » Ayol o‘zining dafn marosimidan so‘ng qariyalar uyiga qaytib bordi
07:50

Ayol o‘zining dafn marosimidan so‘ng qariyalar uyiga qaytib bordi


Ispaniya fuqarosi o‘zining dafn marosimidan o‘n kun o‘tib qariyalar uyiga qaytib bordi, deya xabar bermoqda «Euro Weekly».

Rogeliya Blanko va Konsepson Arias ismli ikki ayolda koronavirus aniqlangach bir kunda qariyalar uyidan Orens shahar shifoxonasiga olib ketildi.

Ulardan biri 13-yanvar kuni hayotdan ko‘z yumdi. Blankoning qarindoshlariga ayolning vafot etgani haqida xabar yetkazildi — dafn marosimi ertasigayoq o‘tkazildi. Koronavirus tufayli joriy etilgan cheklovlar oilaning marhum bilan yaxshilab xayrlashishiga imkon bermadi.

«Vafot etgan» Blanko o‘n kundan so‘ng qariyalar uyiga qaytib keldi. Muassasada bo‘lgan tumush o‘rtog‘i ham uni ko‘rib hayratdan qotib qoldi.

Aniqlanishicha, shifoxonada boshqa ayol olamdan o‘tgan — shunchaki Blanko vafot etgan Arias bilan bitta xonada yashagan. Shifoxonada ularning ismlarini adashtirib qo‘yishgan.

Qariyalar uyi rahbariyati bunday holat takrorlanmasligi uchun tegishli chora ko‘rishga va’da berdi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: qariyalar, Ayol, dafn marosimidan, uyiga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя