Главная » 2020 » Сентябрь » 5 » Ayol qahramon rolini ijro qilgan erkak aktyorlar (foto)
22:11

Ayol qahramon rolini ijro qilgan erkak aktyorlar (foto)


Quyidagi aktyorlar ijrosidagi rollar haqida gap ketganda nafaqat ularning mahorati, balki pardozchilar iste’dodiga qoyil qolmay bo‘lmaydi.

Jon Travolta

2007-yilda suratga olingan “Soch uchun lak” kinolentasida aktyor bosh qahramonning onasi rolini ijro qilgan. Mazkur film nafaqat muxlislar, balki “Oltin globus” hakamlarining ham e’tirofiga sazovor bo‘lgan. Edna Ternblad roli uchun Travolta eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor, deb topilgan. Jon statuetkani qo‘lga kiritmagan bo‘lsa ham uning ushbu ijrosi eng esda qolarli rollardan biri sifatida tarixda qolgan.

Dastin Xoffman

Aktyor “Tutsi” filmida xushchaqchaq ayol rolini ijro qilgan. Film sujetiga ko‘ra og‘ir fe’li sabab bir ishda uzoq vaqt ishlolmaydigan Maykl Dorsi ko‘rinishini ayol kishiga o‘zgartiradi. Aktyor rolini qoyilmaqom ijro qilgan, kinolenta esa 10 ta nominatsiya bo‘yicha “Oskar”ga nomzodi qo‘yilgan.

Robin Uilyams

Tomoshabinlarga o‘ziga xos rollari bilan yaxshi tanish bo‘lgan aktyorga farzandlari bilan ko‘rishish huquqidan mahrum qilingan ishsiz erkak rolini ijro qilish taklifi kelib tushganda darhol rozi bo‘lgan. Filmda u bolalari bilan ko‘rishish uchun ko‘rinishini enaga ayolga o‘zgartirgan qahramon rolini gavdalantirgan. Dautfayr xonim roli uchun aktyor “Oltin globus”ga, uning pardozchilari esa “Oskar”ga loyiq topilgan.

Marlon va Shon Ueyans

Aktyorlar “Oqbilak oyimchalar” komediyasida omadsiz FQB agentlari rolini ijro qilgan. Unda vazifasini uddasidan chiqmagan xizmat xodimlariga so‘nggi imkon beriladi va qora tanli agentlar boshqalar e’tiborini tortmaslik uchun opa-singillarga aylanadi. Aka-ukalar birgina grim uchun pardozchi qarshisida kuniga 7 soat o‘tirishiga to‘g‘ri keladi.

Adam Sendler

“Jek va Jill”filmida aktyor egizaklar rolini ijro qilgan. 2011-yilda Dennis Duga tomonidan suratga olingan filmda Adam rolini qoyillatishi uchun unga opa-singillari yordam bergan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: Erkak, aktyorlar, ijro qilgan, rolini, Ayol, qahramon | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя