Главная » 2021 » Январь » 14 » Ayol uch yildan buyon tirikligini isbotlashga urinyapti
09:14

Ayol uch yildan buyon tirikligini isbotlashga urinyapti


58 yoshli fransiyalik ayol Janna Pushin uch yildan beri o‘lmaganligini isbotlashga urinib kelmoqda, deb yozdi “The Guardian”.

“Lion yaqinidagi Sen-Jozef fuqarosi 2017 yildan buyon Fransiya ma’muriyati uchun yo‘q inson”, deyiladi gazeta xabarida.

Ta’kidlanishicha, bunga ayol ishlagan tozalash kompaniyasining sobiq xodimining bayonoti sabab bo‘lgan. Da’vogar hech qanday dalil keltirmasdan ayolning o‘lganligini aytgan, sud esa unga mavjud ma’lumotni tekshirmasdan turib ishongan.

2004 yilda sud Pushinni firma katta shartnomani yo‘qotganidan keyin sobiq xodimga yetkazilgan zararni to‘lashni buyurgan. Biroq sobiq ishchiga yetkazilgan zararni hech kim to‘lab bermagan. Sud jarayoni keyingi 13 yil davom etgan. Keyin norozi da’vogar sobiq xo‘jayinga yozgan xatlari javobsiz qolganini va Pushin vafot etganini aytgan. 2016 yilda ayol o‘lgan deb topilgan va apellyasiya sudi uning o‘g‘li va erini zararni to‘lashga majbur qilgan.

Ayolning o‘limi to‘g‘risida e’lon qilinganidan keyin u haqidagi ma’lumotlar rasmiy hujjatlardan o‘chirilgan. Buning natijasida uning mavjudligini tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan shaxsiy guvohnomasi, haydovchilik guvohnomasi, bankdagi hisob raqami, tibbiy sug‘urta kabi boshqa rasmiy hujjatlari yaroqsiz holga kelgan.

Hozirda ish davom etmoqda.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: tirikligini, urinyapti, isbotlashga, Ayol | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя