Главная » 2021 » Март » 8 » Ayollar uchun foydali mahsulotlar
17:22

Ayollar uchun foydali mahsulotlar


O‘z sog‘lig‘ini yaxshilash uchun ayollarga temir, letsitin, kletchatka va yodga boy oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, S va Ye vitaminlarini iste’mol qilish tavsiya etiladi. Bu haqda 8-mart kuni rossiyalik mutaxassis Margarita Makuxa ma’lum qildi.

Shu tariqa, ayollarga yog‘siz mol go‘shti, jigar, yasmiq, kakao, dengiz o‘tlari va kunjutni iste’mol qilish maslahat beriladi — bu mahsulotlar tarkibida temir bisyor.

«Ayollar taomnomasi o‘ziga xos xususiyatlarga ega — ular muayyan miqdordagi vitamin va minerallarga ehtiyoj sezadi. Temirga boy oziq-ovqat mahsulotlarini tanovul qilish lozim. Ular anemiya rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaydi va yurak-qon tomir tizimi faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi», — deydi shifokor-diyetolog.

Shuningdek, ayollarga yog‘ kislotalariga boy dengiz baliqlarini iste’mol qilish tavsiya etiladi. Ular gormonlarning normal sinteziga yordam beradi hamda teri va sochning sog‘lom va go‘zal bo‘lishini ta’minlaydi.

Ayol salomatligi uchun yana bir muhim element yod hisoblanadi. U dengiz o‘tlari, qisqichbaqa, kalmar va feyxoa tarkibida mavjud. Ushbu mahsulotlar nafaqat organizmdagi metabolik jarayonlarni yaxshilaydi, balki saraton kasalligiga qarshi profilaktik ta’sir ko‘rsatadi.

Jinsiy gormonlarning normal ishlashi uchun ayollar taomnomasiga tuxum va o‘simlik yog‘i bo‘lishi kerak — ularning tarkibida letsitin bor. C va Ye vitaminlarini sitrus mevalar, ismaloq va grechixadan olish mumkin.

Bo‘lg‘usi onalarning taomnomasida folat kislotasi bo‘lishi kerak — u jigar, ismaloq, yong‘oq, funduk, yog‘li tvorog tarkibida mavjud.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: mahsulotlar, foydali, Ayollar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя