Главная » 2020 » Декабрь » 17 » Ayrim jarimalar kamaytirilishi mumkin
09:56

Ayrim jarimalar kamaytirilishi mumkin


Oliy Majlisning uch nafar deputati yo‘l harakati qoidalari buzilishiga oid ayrim javobgarlik choralarini yengillashtirishni taklif etmoqda.

Kun.uzning xabar berishicha, deputatlar – E.Salixov, F.Ashmatov va K.Tojiyev ishlab chiqqan qonun loyihasida quyidagi takliflar ilgari surilgan:

  • Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi ayrim turdagi qoidabuzarliklarga nisbatan bazaviy hisoblashning «eng kam» va «eng ko‘p» miqdorda belgilangan jarimalarning minimal darajasini qo‘llash;
  • takroran sodir etilgan ba’zi huquqbuzarliklarga nisbatan jarimalar miqdorini kamaytirish;
  • ayrim huquqbuzarliklarga nisbatan jarimalar miqdorini oqibatidan kelib chiqqan holda belgilash.

Bundan tashqari, hukumatning ayrim qarorlariga ham quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda:

  • avtotransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tgan hududidan qat’i nazar, respublikaning istalgan hududida texnik ko‘rikdan o‘tkazishga ruxsat berish;
  • haydovchilik guvohnomalarini berish jarayonlarida inson omilini kamaytirishga qaratilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish;
  • haydovchilik guvohnomalarini yo‘qotgan (o‘g‘irlangan, yong‘in, tabiiy ofat oqibatida va boshqa hollarda) shaxslarga dublikat berish tartibini soddalashtirish.

Ishlab chiqilayotgan qonun loyihalari Qonunchilik palatasiga belgilangan tartibda kiritilib, siyosiy partiyalar fraksiyalari muhokamalaridan so‘ng, Qonunchilik palatasi yalpi majlislarida uch o‘qishda ko‘rib chiqiladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: kamaytirilishi, jarimalar, ayrim | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя