Главная » 2017 » Февраль » 8 » Azamat Axrorov Shaxzoda Muhammedova bilan «Asal oyi»da...
12:57

Azamat Axrorov Shaxzoda Muhammedova bilan «Asal oyi»da...


Azamat Axrorov hamda Shaxzoda Muxammedovaning muhabbat mojorolari hali yakun topmagan bir vaqtda kinoijodkorlar ularni yana sevishganlar roliga taklif qilishdi.

Rejissyor Jahongir Ahmedov uzoq tanaffusdan so‘ng yangi romantik kinokomediya ustida ish boshladi. «Asal oyi» deb nomlangan yangi romantik kinokomediyada bosh rollarni aynan aktyor va rejissyor Azamat Axrorov hamda aktrisa va dizayner Shaxzoda Muhammedovalar ijro qilishmoqda.

Bosh rollarga aktyor va aktrisalarni tanlash borasida prodyuserlar uzoq tortishuvlardan so‘ng Azamat Axrorov hamda Shaxzoda Muhammedovalar juftligini tanlashdi.

Filmning asosiy voqealari ya’ni asosan chet elda suratga olinishi rejalashtirilgan bo‘lib, moddiy xarajatlarni uchta katta prodyuserlar o‘z bo‘yniga olganligi ham filmning nechog‘lik katta kino kartinka ekanligidan dalolat beradi. Nahotki filmning byudjeti shu darajada katta bo‘lsa?

Shaxzoda Muhammedova filmdagi bosh qahramon qiz uchun 22 xil libosdan tashkil topgan liboslar dizayni va ularni tikib, tayyorlash bilan bandligi haqida o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qildi.

Filmda Matyoqub Matchonov, Ra’no Yarasheva, Muhammad Iso Abdulxayirov, Dilshod Mirzamuratov singari aktyorlar jamoasi ishtirok etadi.

Bizningcha kasting jarayoni va aktyor, aktrislarni saralash hali ham davom etmoqda.

«Asal oyi» filmining ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyori Jahongir Ahmedov.

Ma’lumotlar filmning instagramdagi «Asal oyi» deb nomlangan rasmiy sahifasidan olindi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Azamat Axrorov, Shaxzoda Muhammedova | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя