Главная » 2020 » Ноябрь » 3 » BAA: “Makron to‘g‘ri gapiryapti, Erdo‘g‘an shunchaki manfaatparast”
10:16

BAA: “Makron to‘g‘ri gapiryapti, Erdo‘g‘an shunchaki manfaatparast”


Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning islom haqidagi bayonotlariga butun dunyo musulmonlarining noroziligi davom etayotgan bir paytda Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Makronni qo‘llab-quvvatladi. 

“Yevronyus” xabariga ko‘ra, BAA Tashqi ishlar vaziri Anvar Gargash germaniyalik jurnalistlarga bergan intervyusida Fransiya prezidentini yoqlab, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘anni tanqid ostiga olgan. 

“Makron nimalar deganini yaxshilab tinglab ko‘rish kerak. U G‘arbdagi musulmonlarning gettolashuvini (jamiyatdan uzilib qolishini) istamayapti va bu masalada haqli”, – dedi vazir. Gargashning ta’kidlashicha, radikallashuvga qarshi kurashishga Fransiyaning haqqi bor. Shuningdek, u Makron atrofidagi bahslardan Turkiya prezidenti o‘z manfaatlari yo‘lida foydalandi, degan fikrni bildirdi. 

“Erdog‘an qachon biror bo‘shliq yoki zaiflikni ko‘rib qolsa, ulardan o‘z kuchini orttirish uchun foydalanadi. Biroq qizil chiziq ko‘rsatilsa, muzokaraga tayyor bo‘ladi”, – dedi BAA vaziri. 


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: BAA, Makron, Shunchaki, Erdo‘g‘an, to‘g‘ri gapiryapti, manfaatparast | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя