Главная » 2020 » Июль » 16 » BAA va Xitoy dunyoda birinchi bo‘lib COVID-vaksina sinovining yakuniy bosqichiga o‘tdi
16:40

BAA va Xitoy dunyoda birinchi bo‘lib COVID-vaksina sinovining yakuniy bosqichiga o‘tdi


BAA va XXR mutaxassislari koronavirusga qarshi vaksina sinovining uchinchi – yakuniy bosqichiga o‘tdi. Bu haqda "Al-Arabiyya" telekanali xabar qilmoqda.

"Abu-Dabidagi G42 kompaniyasi Abu-Dabi sog‘liqni saqlash departamenti va sog‘liqni saqlash vazirligi boshchiligida Xitoyning Sinopharm CNBG kompaniyasi bilan hamkorlikda sinovlar o‘tkazmoqda", - deyiladi G42 kompaniyasi bayonotida.

Iyunda CNBG BAAda vaksina sinovining uchinchi bosqichini o‘tkazishi ma'lum bo‘lgandi.

 Kompaniya keyinroq o‘zi ishlab chiqqan ikkita vaksina muvaffaqiyatli natija ko‘rsatayotganini bildirgandi.

OAVning qayd etishicha, Xitoyda koronavirusga qarshi vaksinaning sakkizta prototipini ishlab chiqish ma'qullangan.


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: dunyoda birinchi bo‘lib, yakuniy bosqichiga o‘tdi, sinovining, COVID-vaksina, Xitoy, BAA | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя