Главная » 2018 » Февраль » 22 » Badandagi yog‘ni kamaytirish uchun 7 tavsiya
08:04

Badandagi yog‘ni kamaytirish uchun 7 tavsiya


Agar tanangizdan bir necha kilo ortiqcha vaznni kamaytirishni xohlasangiz, quyidagi tavsiyalarga rioya qiling.

1. Yog‘siz sut ichishga odatlaning. Ushbu sutning mazasi unchalik yaxshi bo‘lmasa ham, sog‘lig‘ingiz uchun foydalidir. Qahva bilan sut ichuvchilarga ham yog‘siz sutdan foydalanish tavsiya etiladi.

2. Yog‘i kam bo‘lgan pishloq tanovul qiling. Pishloq ertalabki nonushta uchun munosibdir. Ba’zilar tushlik vaqtida ham pishloqdan foydalanishadi. Biroq ayrim pishloqlar tarkibida 20-30 foizgacha yog‘ mavjud. Bu kabi pishloqlardan parhez qilish lozim.

3. Foydali yog‘larni iste’mol qiling. Masalan, zaytun yog‘i. Zaytun yog‘ini ertalab nahorda bir qoshiq yoki salatlar bilan iste’mol qilish tavsiya etiladi.

4. Mayonez va ketchuplardan kam foydalaning. Siz mazali bir salat tayyorlaysiz. Ammo unga mayonez yoki ketchup aralashtirsangiz, sog‘lom salatingizdan nishon ham qolmaydi. Shu sababdan salatlarni tabiiy holatida iste’mol qilish foydadan xoli bo‘lmaydi.

5. Sabzavot va ko‘katlarni yog‘da qovurishga odat qilgan bo‘lsangiz, ushbu oshpazlik uslubini o‘zgartiring. Taomlarni qaynatish yoki dimlama qilib pishirish maqsadga muvofiq. Qovurib tayyorlanadigan taomlardan kam foydalaning.

6. Shirinliklarni iste’mol qilishda ehtiyot bo‘ling. Zero, turli tort, pechene va boshqa shirin kulchalar tarkibida qand va yog‘ mahsulotlari ko‘p uchraydi. Bu mahsulotlar organizmda ko‘proq yig‘ilib qolsa, salomatlikka putur yetkazadi.

7. Har haftada baliqdan tayyorlangan taomdan ikki marotaba iste’mol qiling. Baliq tarkibida mavjud foydali yog‘ boshqa go‘shtlar yog‘idan farq qiladi.

“Salomatlik taqvimi”da e’lon qilingan materiallar asosida tayyorlandi


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: Ozish, Maslaxat | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя