Главная » 2021 » Сентябрь » 26 » Bahaybat timsohning oshqozonidan yo‘qolgan odam qoldiqlari topildi (foto)
11:52

Bahaybat timsohning oshqozonidan yo‘qolgan odam qoldiqlari topildi (foto)


AQShda ulkan timsoh oshqozonidan 2021-yil avgust oyida yo‘qolgan erkakning qoldiqlari topildi. Bu haqda The Mirror ma’lum qildi.

71 yoshli Timoti Satterli 30-avgust kuni Nyu-Orlean shimoli-sharqida, Luiziana shtatining Slaydell shahridagi uyi yaqinida yo‘qolgan. Amerikalikning rafiqasi ulkan timsoh suvga to‘lgan omborxona yerto‘lasini ko‘zdan kechirgani borgan turmush o‘rtog‘iga qanday tashlanganini ko‘rgan. Natijada erkak qo‘lidan jarohatlangan.

68 yoshli ayol erini zinapoyadan sudrab chiqib, yordam chaqirish uchun ketgan. Biroq qaytib kelganida u yerdan Timotini topa olmagan.

Politsiya bu odamga ulkan timsoh hujum qilganini taxmin qilgan va yirtqichni qidira boshlagan. Sentyabr oyida uzunligi 3,6 metr va vazni 226 kilogramm bo‘lgan yirtqich tutilib, o‘ldirilgan.

Gigant timsohning oshqozonida odam suyaklari topilgan, DNK ekspertizasi ular yo‘qolgan Timoti Satterliga tegishli ekanligini tasdiqlagan.

Tahlillar 11 ta bandga to‘g‘ri kelgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: odam, Bahaybat, timsoh, qoldiqlari (foto) | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя