Главная » 2017 » Март » 17 » Bahorgi ta’tilni Next’da o‘tkazish uchun 6 ta sabab
09:53

Bahorgi ta’tilni Next’da o‘tkazish uchun 6 ta sabab


Maktab o‘quvchilarining ota-onalari yaxshi bilishadiki, bahorgi ta’tillar eng mas’uliyatli vazifalar pallasidir. Bu damlar so‘nggi darsdan oldin chalinadigan katta tanaffus qo‘ng‘irog‘i jarangini yodga soladi, tanaffusda esa darsga yangi kuch va bilimga tashna nigohlar ila qaytish uchun toza havodan tiniqib nafas olish yoki maktab hovlisida biroz sayr qilishga imkon topiladi. Qanday qilib darslardan ozod farzandingizning bir haftasini u uchun foydali va mazmunli taqsimlash mumkin? Aynan mazkur savol bilan biz oilaviy Next majmuasiga yo‘l oldik va har bir kun uchun mos tushuvchi 6 hordiq turini sanab chiqdik.

  1. Ice Rink yaxmalagi

Musbat haroratga chidamli va yil bo‘yi ishlovchi O‘zbekistondagi yagona yaxmalak, oilaviy savdo-hordiq majmuasining hududida joylashgan. Unga o‘z navbatida havaskorlar va xalqaro musobaqalarning oltin medallari shukuhini totgan jajji sport ustalari ham tashrif buyuradilar. Ice Rink qoshida figurali uchish va xokkey to‘garaklari ochilgan, ularga qabul 4—5 yoshdan boshlanadi. Konkida uchishning foydali tomonlari haqida ko‘plab maqolalar yozilgan, shu sababdan ham mazkur mashg‘ulotning eng foydali xususiyatiga to‘xtalib o‘tamiz: mashg‘ulot mushaklarni, talabchanlikni rivojlantiradi, jismonan chiniqtiradi, asosiysi – olam-olam quvonch va xursandchilik baxsh etadi.

Narxlari: – kattalar uchun (1 soati) – 28 000 so‘m,

– bolalar uchun (1 soati; 12 yoshgacha) – 18 000 so‘m;

– oylik abonement (kattalar uchun; 12 mashg‘ulot) – 280 000 so‘m,

– oylik abonement (bolalar uchun; 12 mashg‘ulot) – 200 000 so‘m.

*Konkilar ijarasi yaxmalak uchun chipta narxi ichiga kiradi.

  1. Ilmiy laboratoriya

Aniq fanlarni oson o‘yin usullari va amaliy tajribalar bilan tushuntirib beradigan mazkur interfaol ilmiy-ma’rifiy loyiha ayniqsa maktabgacha ta’lim va maktab yoshidagi bolalar uchun mo‘ljallangan. Laboratoriyadan fizika qonuniyatlari va tabiiy jarayonlarni namoyon qiluvchi 20 dan ziyod ko‘rgazmali qurollar joy olgan.

Bu yerga tashrif ekskursiyalari har kuni soat 10:00 dan boshlanadi.

Har yakshanba kuni esa Ilmiy laboratoriyada “Ilm Sehrga qarshi” ilmiy-ma’rifiy shousi o‘tkaziladi. 45 daqiqalik taqdimot mobaynida jajji va katta yoshdagi tomoshabinlar qaysidir bir kimyoviy yoxud fizik jarayonni tushuntirib beruvchi olov, suv, ko‘pik vositasidagi ajabtovur tajribalar, hamda ko‘zboylog‘ichlar tomoshasining guvohi va ishtirokchilariga aylanadilar.

Narxlari: – kattalar uchun chipta (12 yoshdan) — 11 000 so‘m,

– bolalar uchun chipta (4 yoshdan 12 yoshgacha) — 9 000 so‘m.

– 4 yoshgacha bolalar uchun kirish bepul.

  1. Yura davri parki

Yurtimizda boshqa bu xildagilari yo‘q yana bir o‘ziga xos loyiha Next’ning ajralmas qismi hisoblanadi va ichida dinozavrlar yashovchi qorong‘i junglilar tomoshasini taklif etadi. Mabodo sizning bolajoningiz “Mening yoqimtoy dinozavrim” multfilmining ashaddiy muhlisi bo‘lsa va tritseratopsni silab ko‘rishni istasa, biz tomon kelavering. Yodda tuting-a: mehmonlarni sezib qolgan jonivorlar shovqin solishni, boshlarini qimirlatishni va dumlarini likillatishni boshlashadi. Etingiz junjikib ketishidan boshqasini ayta olmaymiz, bir marta kelib ko‘rganingiz ma’qul. Aytgancha, eng beozor dinozavrlar ustiga minish va suratga tushish mumkin.

Narxlari: – kattalar uchun chipta (12 yoshdan) — 11 000 so‘m,

– bolalar uchun chipta (4 yoshdan 12 yoshgacha) — 9 000 so‘m.

– 4 yoshgacha bolalar uchun kirish bepul.

  1. Cosmoport o‘yin maydonchasi

Fazoviy stansiya uslubidagi Cosmoport o‘yin maydonchasi bortida eng qiziqarli 3D-simulyatorlar, o‘yin avtomatlari va attraksionlar jamlangan. Et jimirlatar hissiyotlar shinavandalari o‘zlarini bu yerda xuddi suvdagi baliqdek his eta oladilar. Hordiq maskani majmuaning 4-qavatida joylashgan, eng jajji mehmonlar uchun mo‘ljallangan bolalar maydonchasi, g‘aroyib XD cinema kinoteatri, avtodrom va ko‘zguli labirintni o‘z ichiga oladi.

Narxlari: – Avtodrom – 4 000 so‘m;

– Bolalar maydonchasi – 8 000 so‘m (1 soati), 5000 so‘m (30 daqiqa);

– Charxpalak – 1000 so‘m;

– Ko‘zguli labirint – 10 000 so‘m;

– ХD cinema – 5000 so‘m.

  1. “Ustalar sayyorasi”dan ijodiy mahorat saboqlari

20 ga yaqin turli-tuman ijodiy yo‘nalishlardagi mahorat saboqlari bilan ko‘plar ham g‘ururlana olmaydi. Ular orasida eng mashhurlari – yog‘och sirt (faner) ustiga rasmlarni kuydirib tushirish, sopolga chiroyli yozish, suv sathiga chizish, somon bo‘laklaridan applikatsiyalar tayyorlash, futbolkalarga husnixat tushirish, sovunpazlik, kulolchilik, dekupaj, tvisting va boshqalar.

Narxlari: 15 000 so‘mdan 50 000 so‘mgacha.

  1. Toza havodagi hordiq maydoni

Olovpurkar musiqali favvoraga ega ichki hovli xotirjam dam olishga ham, faol hordiq chiqarishga ham juda mos keladi. Faol hordiq chiqarishni sevuvchilar uchun sigveydan tortib varrakgacha, charxpalak va attraksionlardan tortib kartinggacha hozir-u nozir. Aynan shu yerda Navro‘z tantanasi kunlari ko‘ngilga xuch yoquvchi sayillar o‘tadi. O‘tkazib yubormang!


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Sabab, 6 ta, Next, Bahorgi ta’til, o‘tkazish uchun | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя