Главная » 2020 » Февраль » 2 » Banan qayerdan olib kelinadi, unda koronavirus bormi? – Mutaxassis va «Bananzo‘r» izohi
10:03

Banan qayerdan olib kelinadi, unda koronavirus bormi? – Mutaxassis va «Bananzo‘r» izohi


Xitoyning Uxan shahridan tarqala boshlagan virus – hozirda eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzu. Koronavirus vahimasi fonida ko‘plab mish-mishlar, yolg‘on va tasdiqlanmagan xabarlar tarqatilyapti.

Masalan, mamlakatimizga olib kelinayotgan bananlarda koronavirus bor, degan mish-mishlar tarqadi. Biz bu tasdiqlanmagan ma'lumotlarga oydinlik kiritish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligida bo‘ldik.

Agentlik bosh mutaxassisi, tibbiyot fanlari doktori Ibrohim Mamatqulov:

– Bananda virus borligi haqidagi xabarlar mutlaqo asossiz va yolg‘on ma'lumotlardir. Sababi virus tirik organizmda yashaydi va havo tomchi orqali yuqadi. U odamdan odamga yoki hayvondan odamga yuqishi mumkin. Bananda virus bo‘lishi uchun u qush bo‘lib uchishi kerak. Shuning uchun fuqarolarimizga bu xabarlarga ishonmaslikka chaqirib, bananlarni bemalol iste'mol qilish mumkinligini aytib qolaman.

O‘zbekistonga bananlar qayerdan olib kelinadi?

Bu savolga javob olish maqsadida banan importi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga murojaat qildik. «Bananzo‘r» brendi asoschisi Umid Tadjibayyev bu haqda ma'lumot berdi.

Uning aytishicha, «Bananzo‘r» firmasi bananlarni Janubiy Amerika qit'asidagi Ekvador mamlakatidan olib keladi.

Bananlar dastlab Rossiya portlariga tushiriladi, shundan so‘ng Rossiyadan O‘zbekistonga keltiriladi. O‘zbekistonga olib kirilayotgan bananlar bojxona chegarasida maxsus tekshiruvlardan o‘tkaziladi.

Bananlar alohida tayyorlangan joylarda saqlanib, sifati buzilmasligi uchun kerakli ehtiyot choralari qilinadi. Shundan so‘ng respublikamiz bozorlariga sotishga chiqariladi.

Mish-mishlarga odamlar ishonishyaptimi?

Poytaxtimizda joylashgan ekobozorlardan biriga borib, banan savdosi bilan ham qiziqib ko‘rdik. Sotuvchining aytishicha, bu yolg‘on xabarlarga fuqarolarimiz ishonib qolishyapti.

Masalan, «Bananzo‘r» brendi bananlarni Ekvadordan olib keladi. Bu bananlarning umuman Xitoyga va virusga aloqasi yo‘q. Hatto bozorlarga sotuvga chiqarilishidan oldin, bozordagi maxsus laboratoriya tekshiruvidan o‘tkaziladi.

Banan sotuvga chiqarilishidan oldin tekshiriladi

Biz yana ham ishonch hosil qilish uchun Toshkent shahar veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasida ham bo‘ldik. Laboratoriya xodimlari ham yuqoridagi ma'lumotlarni tasdiqlashdi.

«Bananlar sotuvga chiqarilishidan oldin bozor laboratoriyalarida maxsus tekshiruvdan o‘tkaziladi. Agarda biror shubhali holatlar aniqlansa, sotuvga chiqarilmaydi», – deydi laboratoriya xodimi.

Shunday ekan, fuqarolarimizdan bunday mish-mishlarga ishonib qolmasligini so‘raymiz. Sifatli va tekshirilgan banan mahsulotlarini bemalol iste'mol qilishingiz mumkin.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя