Главная » 2020 » Январь » 13 » Banan salomatlik bilan bog‘liq 7 muammoni bartaraf etadi
22:11

Banan salomatlik bilan bog‘liq 7 muammoni bartaraf etadi


Kuniga iste’mol qilingan ikki dona banan yetti muammoni hal qilishi mumkin.

Depressiya
Banan tushkun kayfiyat va depressiyani bartaraf etadi. Shuningdek, qish faslida kuzatiladigan tushkunlikni ham aynan banan yo‘qotadi. Undagi triptofan deb atalmish aminokislota lazzatlanish gormoni va serotonin ishlab chiqarilishini quvvatlaydi.

Qon bosimi
Banan tarkibi kaliyga boyligi sabab qon bosim bilan bog‘liq muammolarga yaxshi bardosh beradi. Ushbu tropik meva infarkt va insult xavfini kamaytiradi. Yuragi bilan “kelisholmaydigan”lar bananni ko‘proq iste’mol qilib turishi tavsiya etiladi.

Kamqonlik
Banan xuddi olma kabi temir moddasiga boy. Agar siz kamqonlikdan aziyat chekayotgan bo‘lsangiz, banan aynan siz uchun. U gemoglobin va eritrotsitlar ishlab chiqarilishini quvvatlab, qonni ko‘paytiradi.

Kayfiyatni ko‘taradi
Kayfiyatingiz tushib, hech narsa yoqmayotgan bo‘lsa, banan yeb oling. Banan qonda qand miqdorini oshirib, tanani B guruhi vitaminlari bilan boyitadi. Bu vitamin guruhi tinchlantirish xususiyatiga ham ega. 

Oshqozon yarasida
Kimda kim ushbu kasallikdan aziyat chekayotgan bo‘lsa, banandan ko‘proq bahramand bo‘lsin. Bu meva oshqozon devorini kislota ta’siridan himoyalovchi maxsus qavat bilan qoplaydi.

Jig‘ildon qaynashi
Jig‘ildon qaynab qiynab qo‘yganda banan doridek ta’sir qiladi. Uni yegach oshqozonda darhol yengillik his qilasiz. Jig‘ildon qaynashi yo‘qoladi.

Energiya tugaganda
Banan tez hazm bo‘ladigan uglevodlar qatoriga kiradi. 1-2 dona banan yeb, tananingizni qisqa fursatda quvvat bilan boyitib olasiz.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя