Главная » 2019 » Декабрь » 14 » Bankning xatosi ayolni millionerga aylantirdi
00:26

Bankning xatosi ayolni millionerga aylantirdi


Amerika banklaridan birida xatolik yuz berib, Dallas (Texas shtati, AQSh) shahrida yashovchi Rut Ballun hisobraqamiga 37 million dollar kelib tushdi, deya xabar berdi «CBS 11» telekanali.

Voqea 10-dekabr kuni sodir bo‘lgan. «Roma Boots» poyabzal do‘konida ishini tugatganidan keyin «LegacyTexas» bankidagi o‘z hisobraqamini tekshirib ko‘rgan ayol ko‘zlariga ishonmadi: 37 000 000 dollar!

«Hatto 37 millionni kimningdir hadyasi deb umid ham qildim», — dedi Rut Ballun.

«Millioner ayol» hatto bu pullarni xayolan xarjlashga ham ulguribdi: bir qismi xayriyaga, qolgani ko‘chmas mulkka tikiladi... Nima bo‘lganini eriga aytgach, u bankka qo‘ng‘iroq qilgan. O‘z xatosini anglagan bank kechirim so‘rab darhol pullarni qayta yechib olgan.

Rut Ballun esa halolligi uchun bank taqdirlashidan umidvor. Albatta, bu pullarni ishlatib bo‘lmasdi, ammo bank bitta «rahmat» qutulib ketishini ham to‘g‘rimas, deyapti.

«LegacyTexas» banki xorij valyutasini bank xodimi qo‘lda o‘tkazgani uchun chalkashlik yuzaga kelganini ma’lum qilgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя