Главная » 2020 » Июль » 16 » Barcha xususiy klinikalarga koronovirusga test olish va davolashga ruxsat berildi
22:43

Barcha xususiy klinikalarga koronovirusga test olish va davolashga ruxsat berildi


16 iyul kuni bosh vazir Abdulla Aripov rahbarligida O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga bag‘ishlangan shoshilinch yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va ushbu davrda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish uzluksizligini ta'minlash, koronavirusga tekshiruvlarni tashkil etish borasida birinchi galdagi vazifalar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda barcha xususiy klinikalarga koronavirusni aniqlash uchun PZR-testlar o‘tkazish va koronavirusga chalingan bemorlarni davolash huquqi taqdim etilgani ta'kidlab o‘tildi. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi va hokimliklarga xususiy va nodavlat tibbiyot tashkilotlarining yuqorida ko‘rsatilgan masalalarda faoliyatini tashkil etish bo‘yicha yordam ko‘rsatish topshirig‘i berilgan. 

Bundan tashqari, yig‘ilishda og‘ir pnevmoniya va boshqa o‘pka kasalliklari asoratlari boshlangan koronavirus bemorlarini davolashda qo‘llaniladigan import qilinadigan kislorod konsentratlari bojxona bojidan ozod etish bo‘yicha qaror qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 15 iyul kuni prezident Shavkat Mirziyoyev pandemiya bilan bog‘liq vaziyat muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi vaziyat og‘irligini qayd etib, muammolarni hal qilish choralarini belgilab bergandi. 


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: test olish, Koronovirusga, ruxsat berildi, Barcha xususiy klinikalarga, davolashga | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя