Главная » 2020 » Декабрь » 14 » Barcha zamonlarning eng yaxshi darvozaboni ma’lum bo‘ldi
23:23

Barcha zamonlarning eng yaxshi darvozaboni ma’lum bo‘ldi


Nufuzli «France Football» futbol jurnali 1960-yilgi Yevropa chempioni Lev Yashinni barcha davrlarning eng yaxshi darvozaboni deb e’lon qilib, sportchini «orzular jamoasi» tarkibiga kiritdi. Bu haqda 14-dekabr kuni nashrning Twitter-akkauntida xabar berilgan.

Da’vogarlar orasida Manuel Noyer, Zepp Mayer, Dino Zoff, Janluiji Buffon kabi dunyoga mashhur darvozabonlar ham bor edi. Yashin uchun jahon ommaviy axborot vositalarining 177 jurnalistidan 140 nafari ovoz berishgan.

1963-yilda Yashin «France Football» tomonidan ta’sis etilgan «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan. U ushbu sovrinni olgan yagona darvozabon hisoblanadi. 2019-yil sentyabr oyida ana shu nashr darvozabonlar uchun Lev Yashin mukofotini ta’sis etdi.

Yashinning nominatsiyasi oktyabr oyida ma’lum bo‘ldi. Sportchi 1956-yilda Olimpiya chempioni, 1960-yilda Yevropa chempioni, shuningdek, «Dinamo» safida Sobiq Ittifoqning besh karra chempioni hisoblanadi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: ma’lum bo‘ldi, zamonlarning, eng yaxshi, darvozaboni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя